Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona

Superliga va A Pro-liga klublari matbuot kotiblari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Superliga va A Pro-liga klublari matbuot kotiblari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan Superliga hamda A Pro-liga ishtirokchi klublari matbuot xizmati rahbarlari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Ayni paytda Superliga, Pro-liga hamda kubok bellashuvlari natijalari va o‘yin atrofidagi voqealar haqida batafsil ma’lumot berish, ishqibozlarni sevimli jamoalari hayotiga oid yangiliklardan hamisha tezkorlik bilan boxabar etib borishda klublar matbuot xizmatlarining o‘rni beqiyos, albatta. So‘nggi yillarga kelib klublarimiz matbuot xizmatlari faoliyati ancha o‘sdi. Hozirgi kunga kelib klublarning matbuot xizmatlari ancha barqaror ish olib bormoqda.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi har mavsum avvalida, o‘rtasida va mavsum yakuniga yetgach klublar matbuot xizmatlari uchun seminarlar tashkil etib kelmoqda. Seminarlar davomida mavjud yutuq va kamchiliklar muhokama etilib, ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlanmoqda.

Kecha bo‘lib o‘tgan seminar davomida ham Superliga va A Pro-liga klublari matbuot xizmatlarining mavsum boshidan buyon amalga oshirib kelayotgan faoliyati tahlil etildi. Matbuot xizmati rahbarlari o‘z hamkasblari faoliyatidagi yutuq va bartaraf etish lozim bo‘lgan jihatlarni qizg‘in muhokama etishdi. 

Kunning birinchi yarmida seminar tashkil etilgan bo‘lsa, tushdan so‘ng barcha klublar matbuot xizmati rahbarlari O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini bevosita kuzatib borishdi va o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ham qatnashishdi. 

Manba: PFL
Kiritildi: 15:34, 08.06.2019.
O'qildi: 1637 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик