Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Hozirda futbolchilarning u klubdan bu klubga o‘tishi borasidagi mish-mishlar tobora avj olmoqda. Bugun ishonchli manbaalarga tayangan holda, eng so‘nggi transfer yangiliklari bilan sizlarni tanishtirib o‘tamiz.

«Milan» iqtidorli futbolchini sotib yuborish maqsadida

«Le Gazetta Dello Sport» nashrining xabar bericha, «Milan» Kessiye bilan muammolarini hal qila olmadi. Uni tarkibida ushlab qolishni uddasidan chiqa olmagach,  transferga qo‘ydi. Hozirda klub rahbarlari va futbolchining munosabatlari anchagina keskinlashgan. «Milan» o‘z futbolchisi uchun 30 million atrofida undirib olish niyyatida. Hozircha haridorlardan darak yo‘q!

«Atletiko Madrid»ga Albaniyalik futbolchi kerak

«Xindu»lar «Napoli» safida omadli to‘p surayotgan Elsaid Xisayni anchadan beri kuzatib yurishganidan xababringiz bo‘lsa kerak. Albaniyalik himoyachi o‘z pozisiyasida juda ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. U «Atletiko Madrid» klubidan tashqari «Yuventus», «Milan», «Inter» singari grandlarning e’tibor markazida turibdi. “Bugun «Atletiko Madrid» 25 yoshlik futbolchi uchun «Napoli»ga 18 million taklif qildi”, - deb yozmoqda «Marca» nashri. Bu rasmiy taklifga «Napoli» klubi rad javobini berdi va futbolchi 25 milliondan kamiga sotilmasligini e’lon qildi. «Atletiko Madrid» futbolchi uchun bundan ortiqroq berishi ham mumkin, biroq Xesaynning o‘zi klubdan ketishni juda istayotganligidan unumli foydalanib qolish niyyatida. Shunday bo‘lsada, bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, «Atletiko Madrid»ning himoyasini sezilarli darajada kuchayib olishini ta’minlashi aniq.

«Barselona» katta qadam tashlamoqchi

Bundan biroz avval Markus Reshfordning klub bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh  tortgani to‘g‘risida e’lon qilgan edik. Hozirda uning atrofida bir nechta kuchli klublar aylanib yurishganini e’tirof etish zarur. «Manchester Yunayted» futbolchisi jamoasining statusi sezilarli darajada tushib ketganidan norozi ekanligini yashirib o‘tirmayapti. Boz ustiga yangi mavsumda YCHLsiz qolishga majbur bo‘lgan «Manchester Yunayted»ning kelajagi biroz tumanli ko‘rinmoqda. Futbolchining alg‘ov-dalg‘ov holatidan «Barselona» unumli foydalanishi mumkin. Sababi, «Ernesto Valverde Messi va Suarez bilan hujumda harakat qilishi kutilayotgan 3-hujumchi sifatida aynan Reshfordni ko‘rmoqda» deb yozmoqda «Soccer.ru» nashri.  Manbaada aytilishicha «Barselona» Grizman variyantidan ham ayni Reshford sababli voz kechgan.

De Ligt uchun kurash avjiga chiqdi

Futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan «Barselona» «Ayaks» klubiga himoyachi uchun 75 million, futbolchiga yiliga 7 million yevro maosh taklif etgan edi. Bu tanlovdagi ayrim kamomatdan ko‘ngli to‘lmagan futbolchining agenti biroz vaziyatni paysalga solayotganidan unumli foydalangan «PSJ»  «Ayaks» uchun 80 million, himoyachiga yiliga 15 million maosh belgilangan 5 yillik shartnoma taklif etdi. Bundan tashqari, agar kelishuv amalga oshsa, klub Mino Rayola uchun alohida 10 million ajratishini ham ma’lum qildi. «PSJ» De Ligt uchun Katoloniya klubidan ikki barobar ko‘proq maosh taklif etdi va bu  futbolchini o‘ylantirib qo‘ydi. Hozirda Mino Rayola o‘z mijoziga «PSJ»ning ustun tomonlarini tushuntirish bilan ovvora bo‘lsa, ajab emas!

Adnan Yanuzay «Milan» e’tiborida

“Belgiyalik futbolchi «Milan»ning shortlistining eng yuqori  pog‘onasida turibdi”, -  deb  xabar bermoqda «Le Gazetta Dello Sport» nashri. «Milan» «Real Sosiyedad» futbolchisini bundan 2 yil avval ham qo‘lga kiritish uchun urunib ko‘rgan edi. Hozirda futbolchiga «Milan» klubidan tashqari  «Lester» jamoasidan ham jiddiy takliflar tushgan. Yanuzayning o‘zi «Real Sosiyedad»da qolishni istayotganini, biroq kuchliroq klubdan taklif tushsa, albatta o‘ylab ko‘rishini aytib o‘tgan edi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 17:10, 08.06.2019.
O'qildi: 14739 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.