Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

RIOZMI yangicha qiyofaga kirmoqda

RIOZMI yangicha qiyofaga kirmoqda

Baho:
+ | -

Jahon chempionati, Olimpiya o‘yinlari kabi yirik sport musobaqalarida atletlarimizning qo‘lga kiritadigan natijasi ularga yaratib beriladigan shart-sharoitlarga bog‘liq. Mustahkam va zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega federasiya sportchilari xalqaro musobaqalarda hamisha yuqori natijalar ko‘rsatib kelishadi.

Bugun poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zahiralari maktab internatida (RIOZMI) sportchilarning yashashi, shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishni MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidentining maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov olib borishdi. Yig‘ilishda dastavval har bir federasiyadagi sharoitlarni o‘rganishga biriktirilgan mas’ul vakillarning hisoboti tinglanib, oldinda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Barchangizga ma’lum, Tokio Olimpiadasiga ham oz fursat qoldi. Hali hech bir Olimpiadaning tayyorgarligiga hukumat tomonidan bunchalik katta e’tibor qaratilmagan. Biz ham shunga munosib ishlashimiz kerak. Sportchilarning shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Shu bilan birga zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan bazalarni, eng mustahkam va chidamli sport anjomlarini ko‘paytirishimiz lozim”, – dedi Nazirjon Xudoyqulov.

Shundan so‘ng mutasaddilar RIOZMIda kamondan otish bo‘yicha terma jamoa vakillari uchun qurilgan va boshqa sport turlari uchun qurilayotgan yangi ob’ektlarni ko‘zdan kechirishdi. Ayniqsa, suzuvchilar uchun qad rostlagan yangi turar joy ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Zamonaviy sharoitlarga ega bu bino bir vaqtning o‘zida 50 dan ortiq sportchini qabul qilishi mumkin. E’tiboringizga voqea joyidan olingan fotosuratlarni havola qilamiz.

Manba: Olympic
Kiritildi: 08:40, 09.06.2019.
O'qildi: 3350 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.