Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

Transfer olamidagi so‘nggi yangilikar

Transfer olamidagi so‘nggi yangilikar

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Ushbu rukndagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz. Ayni daqiqalarga kelib futbol olamida kutilayotgan va kutilmagan transferlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

«Manchester Yunayted» De Xea bilan kelishmoqchi

«Qizil iblislar» o‘z darvozabonidan unumli foydalanib qolmoqchi. Gap shundaki, futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma keyingi mavsumda o‘z yakuniga yetadi va Ispaniyalik darvozabon erkin agentga aylanish huquqiga ega bo‘ladi. Bu esa «Manchester Yunayted» o‘z yulduzidan bir yevro ham daromad olmaydi degani. Klub futbolchiga qiziq, lekin daromadli taklif bilan chiqdi. Agarda De Xea «PSJ» jamoasiga bu mavsumda o‘tishga rozi bo‘lsa, transfer summasi necha pulni tashkil etishidan qat’iy nazar 20 million yevro to‘lab beradi. Agarda De Xea bu qarorga rozi bo‘lsa, unda «Manchester Yunayted» o‘z darvozaboni ortidan 50 million sof foyda ko‘rishi mumkin. Gap shundaki  Parij klubi darvozabon uchun 70 milliondan voz kechishga tayyor ekanligini yashirib o‘tirmayapti. Buffonning ketishi bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi desak, adashmagan bo‘lamiz.  Hozircha bu taklifga darvozabon qanday javob qaytargani to‘g‘risida yangiliklar yo‘q. Agarda  De Xea klubda qolishni istasa  va keyingi mavsum so‘ngida erkin agent sifatida boshqa klubga borib qo‘shiladigan bo‘lsa, 20 milliondan ham ko‘proq foyda qilishi mumkin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

«Real Madrid» Pogba uchun oxirigacha kurashadigan ko‘rinadi

«Daily  Star» nashrining xabar berishicha, «Real Madrid» o‘z yarim himoyasini kuchaytirib olish maqsadida. Klub Modrich va Krossdan ortiq umid qilmayotganini yashirib o‘tirmayapti. Shaxsan Zidanning o‘zi markazga yangi qon quyish kerak ekanligini va bir nechta futbolchilar bilan muzokaralar ketayotganini e’lon qilgan edi. Hozirda «qirollik klubi» «Manchester Yunayted» yulduzi Pol Pogba bilan tinimsiz muzokaralar olib bormoqda. «Real Madrid» «qizil iblislar»ni ko‘ndirish maqsadida futbolchi uchun 111 million va Hames Rodrigesni ham qo‘shib berishga tayyor. «Real Madrid» fransuzni «PSJ» ilib ketishidan havotirda va eng qulay shartlarni taklif etishga urunmoqda. Bundan tashqari, Zidan Pogba uchun asosiy tarkibdan joy berishga va’da bergan. Futbolchi hozirda o‘z kelajagi ustida bosh qotirmoqda.

«Tottenhem» yangi nomlarni kashf etishda davom etmoqda

Portugaliyaning «Sporting» klubi yarim himoyachisi, iste’dotli Bruno Fernandeshning hizmatlariga «Tottenhem» klubi jiddiy qiziqib qoldi deb yozmoqda «Record» nashri. Futbolchi yosh bo‘lishiga qaramasdan, universalligi bilan ko‘plab top klublarning e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Futbolchi uchun «Tottenhem»dan tashqari, «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublari ham ko‘z tikib turibdi. Portugaliya klubi o‘z futbolchisini sotib yuborishga tayyor ekanligini, biroq ularni to‘liq qoniqtiruvchi taklif kelib tushmaganligini e’lon qildi. Ko‘ramiz, yangi istedodni APL klublaridan qay biri «ilib ketar» ekan.

London va Liverpul qarama-qarshiligi

Yakunlangan mavsumni «Xetafe» safida o‘ta yuqori darajada o‘zkazgan Djena Dakonam APLdagi  ikki klubning  qiziqish doirasiga tushib qoldi deb xabar bermoqda «Marca» nashri. Futbolchining o‘zi «Arsenal» klubida to‘p surishni istayotgan bo‘lsada, klub uchun qulayroq taklifni «Everton» taklif etgan. “Hozirda «Dakonam» va «Xetafe» klubi o‘rtasida o‘zaro bahsli holat paydo bo‘lgan”, - deb yozmoqda «Marca» nashri.
Eslatib o‘tamiz, Djena Dakonam 2017-yilda Ispaniya klubi safiga kelib qo‘shilgan edi.
 «Ayntraxt» yangi Yovichni o‘z safiga qo‘shib oladi
“Germaniya bundesligasida o‘z o‘yinlari bilan «Real Madrid» klubi e’tiboriga tushgan va transfer oynasi ochilishi bilan Madrid klubiga o‘tgan futbolchining o‘rinbosari tez orada Frankfurt klubi ko‘rigidan o‘tadi”, -  deb xabar tarqatmoqda «Sport 1» kanali.

Yangi Yovich

Yovichning yo‘qligini bildirmaslik vazifasi 19 yoshlik «Tservena Zvezda» klubining hujumchisi Deyan Yovelichning zimmasiga tushadi. «Ayntraxt» serbiyalik futbolchi ortidan yaxshigina pul ishlab olgach, tezda uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida iqtidorli futbolchi bilan deyarli kelishuvga erishdi. Bu transfer Frankfurt klubi uchun 2 millionga tushishi kutilmoqda. Nemis klubi o‘z rasmiy saytida yangi futbolchi haqida rasmiy ma’lumot berishga ham ulgurdi.

«Atletiko Madrid»ning yangi nishoni aniq

«Matraschilar» Ernandesning o‘rnini to‘ldirish maqsadida futbolchi izlayotganidan xabaringiz bor.  «Marca» nashrining xabar berishicha, «Atletiko Madrid» uning o‘rnini bosa oladigan futbolchini topgan. Bu «Barselona» klubida o‘z o‘rnini hali-hamon topa olmagan Nelson Samedu bo‘lishi ehtimoli tobora oshib bormoqda. Manbaada aytilishicha, futbolchi o‘z kelajagidan havotirda va unga o‘yin amaliyoti berilmayotganidan norozi. Bunday chigal vaziyatdan «Atletiko Madrid» unumli foydalanish maqsadida. Samedu o‘zining so‘nggi intervyularidan birida, klubda qolmasligini, yangi chaqiruvlarga doimo tayyorligini bildirib o‘tgan edi. Hozircha bu transfer borasida boshqa ma’lumotlar yo‘q.

Shuningdek, «Atletiko Madrid» shu kunlarda yana ikkita futbolchining transferi borasida muzokaralarga kirishishi kutilmoqda. Ulardan biri 23 yoshlik «Espaniyol» klubi himoyachisi Mario Ermoso bo‘lsa, yana biri Braziliyaning «Atletiko Paranaense» klubi a’zosi Renan Lodi. «Matraschilar» o‘z siyosatlariga sodiq qolgan holda  yosh iqtidor egalarini harid qilishda davom etishmoqda.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 11:17, 09.06.2019.
O'qildi: 16940 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.