Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘FA totalizator va kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etayotgan shaxslarni aniqladi

O‘FA totalizator va kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etayotgan shaxslarni aniqladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshida tashkil etilgan maxsus inspeksiya totalizator va kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etayotgan shaxslarga nisbatan keskin kurashib kelmoqda. Ana shunday chora-tadbirlar natijasida totalizator va kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etayotgan shaxslar aniqlandi.

“Zarangari” futbol klubi rahbari Furqat Toirovning O‘zPFLga taqdim etgan xati asosida O‘FA maxsus inspeksiyasi surishtiruv ishlarini olib bordi.

Xatda “Zarangari” futbol klubining besh nafar futbolchisi kelishilgan o‘yinlarda gumon qilinayotgani aytilgan bo‘lib, ularning ism-shariflari aniq ko‘rsatib o‘tilgandi. Keyinroq ma’lum bo‘ldiki, klub rahbariyatining o‘zi nohalol futbolga yo‘l ochib bergan va bu ishga unamagan futbolchilarni tuhmat tariqasida jamoadan chetlashtirish chorasini ko‘rmoqchi bo‘lgan.

“Zarangari” futbol klubi rahbari Furqat Toirov “Zarangari”da moliyaviy muammolar borligini ro‘kach qilib, jamoaning barcha ishlariga endilikda Sherzod Sattorov javobgar bo‘lishini futbolchilarga rasman ma’lum qilgan (Sherzod Sattorov O‘zPFL ro‘yxatidan “Ittifoq-Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi sifatida o‘tgan). “Zarangari” futbolchilari F.Toirovdan hozirgi kungacha bo‘lgan moliyaviy hisob-kitobni qilishini talab qilishgan. Mana shu masalada muammo kelib chiqqan.

Keyinroq SH.Sattorov barcha masalani o‘zi hal qilishini, kerak bo‘lsa transfer oynasi ochilmayoq yangi futbolchilarni jamoaga olib kelishga qudrati yetishi haqida aytgan. Oylikdan tashqari pul ishlash niyatida bo‘lgan futbolchilar uning ko‘rsatmasi bilan totalizatorda ishtirok etishlari kerakligini uqtirmoqchi bo‘lgan.

O‘FA maxsus inspeksiyasi Furqat Toirov hamda Sherzod Sattorovlarning futbolchilar bilan suhbatlari yozilgan audioyozuvni to‘liq qo‘lga kiritdi. Ma’lum bo‘ldiki, SH.Sattorov hamda F.Toirov rejasiga unamagan futbolchilarni O‘zPFL orqali gumonlantirilib, ulardan xalos bo‘lishni istagan. Rahbarlardan farqli o‘laroq, futbolchilar alohida-alohida suhbatdan o‘tkazilganda, ularning fikrlari asosli bo‘lib chiqdi, jamoa a’zolari faktlar asosida ko‘rsatma berdilar.   

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘FA Intizom va odob-axloq (etika) qo‘mitasi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra  “Ittifoq-Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi Sherzod Sattorovning qilmishlari  kechirib bo‘lmas, deb hisoblandi va u bir umrga futbolga aloqador barcha faoliyatdan chetlashtirildi. SH.Sattorov Buxoro viloyatidagi maktablardan birida jismoniy tarbiyadan ham dars berishi haqida aytib o‘tdi. Yosh avlodni uning kabi kishilar boshqarmasligi kerak deb hisoblanib, O‘FA qo‘mita qarorini mazkur maktabga ham taqdim etadi. Shuningdek, audioyozuvlarga ko‘ra, SH.Sattorov O‘FA hamda O‘zPFLning ayrim xodimlarini haqorat qilgan, ularga jiddiy tuhmatlar yog‘dirgan.

O‘FA Intizom va odob-axloq (etika) qo‘mitasi “Zarangari” futbol klubi rahbari Furqat Toirovni 1 yilga futboldan chetlashtirdi va 20 million so‘m jarima jazosi qo‘lladi. Keyingi tekshiruvlar jarayonida uning ham kelishilgan o‘yinlarga aloqadorligi fakti topilsa, jazo o‘zgartiriladi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi futbol sohasida faoliyat yuritayotgan barcha insonlarni ogohlantiradi: murabbiy, futbolchi, mutaxassis — kim bo‘lishidan qat’i nazar kelishilgan o‘yinlarga aloqadorligi aniqlansa, belgilangan tartibda qat’iy jazoga tortiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:58, 10.06.2019.
O'qildi: 4878 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.