Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Transfer oynasidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer oynasidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Futbolning ajralmas bo‘lagi sanaladigan transfer oynasidagi yangiliklar bilan siz aziz muxlislarni tanishtirib o‘tishda davom etamiz. Bugungi kunning eng shov-shuvli xabarlari bilan tanishing.

Hamas Rodriges  bir oyog‘i bilan«Napoli»da

«Bavariya» klubidagi ijobiy mavsumlardan so‘ng, Kolumbiyalik futbolchi yana «Real Madrid»ga qaytishni istamayapti. «Hozirda unga bir nechta klublardan taklif bo‘lsada, futbolchining o‘zi Italiyaga yo‘l olishni juda istamoqda», -  deb xabar bermoqda «Le Gazetta Della Sport» nashri. Unda aytilishicha, futbolchining xizmatlariga shaxsan «Napoli» ustozi Karlo Anchelotti qiziqish bildirmoqda. Italiyalik murabbiy Hamesni  “«Napoli»ning chempionlikni qo‘lga kiritishi uchun yetishmayotgan masallig‘i”, - deb atagan edi. Hozirda  «Napoli» klubi «Real Madrid»ga futbolchi uchun 42 million yevro taklif qildi.

Almashtirib bo‘lmas futbolchi yo‘q!

«Manchester Yunayted» klubi o‘z darvozabonining ishtiyoqsizlik va mas’uliyatsizlik bilan jamoa uchun jon kuydirmay qo‘ygani sababli sotib yuborish niyyatida.  Bundan avval xabar berganimizdek, klub uni sotib yuborish taraddudida. De Xeaning o‘rniga esa «Atletiko Madrid» posboni Yan Oblakni harid qilishni rejalashtirgan va bu rejasini amalga oshirish maqsadida futbolchining agenti bilan uchrashib olishga ham ulgurgan deb yozmoqda «Marca» nashri. Manbaaning xabar berishicha, futbolchining o‘zi tezroq «Atletiko Madrid»ni tark etish niyyatida. Hozirda Oblak o‘zining eng pik formasiga chiqqan va agarda tezroq top klubga o‘tmasa, boshqa bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin degan fikrda. Oblak «Atletiko Madrid»ni yana o‘rtamiyona klublar safiga qo‘shilib qolishidan havotirda.

Pogbaning o‘rinbosari topildi

«APLning ikki grand klubi muzokaralar boshladi», - deb xabar tarqatmoqda «A C» nashri. Unda bayon qilinishicha, «Manchester Yunayted» klubini tark etishi kutilayotgan Pol Pogbaning o‘rnini «Tottenhem» futbolchisi sanaladigan Kristian Eriksen orqali to‘ldirish niyyatida. Tomonlar futbolchining transfer summasi borasida ham kelishuvga erishishga ulgurishdi. Manba tarqatgan xabarga ko‘ra Eriksen 80 million Yevroga baholangan. Futbolchining o‘zi esa klubdan tezroq ketish niyyatida va istalgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. U «Tottenhem»dagi sovrinsiz faoliyatidan charchaganini va hayotida o‘zgarishlar qilish vaqti kelganini YCHL finalidan so‘ng ommaga e’lon qilgan edi.

«Roma»ga yangi 9-raqam egasi kerak!

Italiyaning «Roma» klubi «Inter» safiga o‘tishga yaqin turgan Edin Djekoning o‘rninga nomdor xujumchi izlamoqda. «Le Gazzeta Della Sport»ning xabar berishicha, «Ko‘k-qoralar» «Chelsi»da ishi yurishmagan Iguainni tarkibiga qo‘shib olish taraddudida yuribdi. Futbolchining o‘zi APLda qolish niyyati yo‘qligini, agarda Sarri klubdan ketsa, yana «A seria»ga qaytishi mumkinligini e’lon qilgan edi. Hozircha  «Chelsi» klubi murabbiy borasida yakuniy qarorga kelganicha yo‘q. «Yuventus» klubi esa Sarrining kelishiga tobora ishonib qolmoqda. Umumiy qilib aytganda, Iguainning yangi «Roma» safiga o‘tishi Sarrining klubda qolish qolmasligiga bog‘liq!

Robben o‘z hizmatlarini «Latsio»ga taklif qildi

Gollandiya terma jamoasining sobiq sardori o‘z hizmatlarini «Latsio» klubiga taklif qildi. Futbolchi «Bavariya»dan ketgach, erkin agentga aylangan bo‘lsada, kuchsiz klublar tomonidan tushgan takliflarga rad javobini berib kelmoqda. U Miroslav Kloze singari so‘nggi mavsumlarini biroz tezligi pastroq «A seriada» o‘tkazish orqali o‘z formasini saqlab turishni ko‘zlagan. Hozircha Rim klubi futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqqanicha yo‘q. Rahbariyat jarohatlar bilan o‘ralashib yuradigan futbolchini xarid qilishdan cho‘chimoqda. Jamoa ustozi esa  uning xarid qilish kerakligini rahbarlarga tushuntirishga urunmoqda. Juda chigvaziyat, shunday emasmi?

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 21:30, 10.06.2019.
O'qildi: 16786 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.