Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Neymar: «Go‘yo o‘z dafn marosimimni ko‘rdim»

Neymar: «Go‘yo o‘z dafn marosimimni ko‘rdim»

Baho:
+ | -

Hozirda o‘z vatanida «Santos» sharafini himoya qilayotgan «Barselona» va «PSJ» sobiq hujumchisi Neymar 2022 yilgi Jahon chempionatidan chiqib ketgan paytlarini yodga oldi. O‘shanda Mundialning chorak finalida «selesao» penaltilar seriyasida Xorvatiyaga imkoniyatni boy bergan edi.

«Men o‘z dafn marosimim qanday ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rgandek bo‘ldim. Kichkina xonada edim va u yerga yaqinlarim kirib kelishardi. Barchaning ko‘zida yosh, hech kim gapirmasdi. Hamma shunchaki menga tikilib turardi. Men o‘zimni tobut ichida turgandek his qildim», — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda Globo.

Neymar 2025 yilning yanvaridan beri «Santos»da to‘p surmoqda. Joriy yilda hujumchi oltita uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 10:35, 10.04.2026.
O'qildi: 2083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик