Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

"Manchester Yunayted”da maqsad o‘zgardi: jamoa YECHL yo‘llanmasi bilan kifoyalanmoqchi emas

"Manchester Yunayted”da maqsad o‘zgardi: jamoa YECHL yo‘llanmasi bilan kifoyalanmoqchi emas

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi joriy mavsumda nafaqat UYEFA Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish, balki turnir jadvalining eng yuqori pog‘onalaridan joy egallashni maqsad qilgan.

Jamoa Maykl Kerrik boshqaruvida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi va mavsum yakuniga sanoqli o‘yinlar qolgan bir paytda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi sari ishonch bilan harakat qilmoqda.

Yordamchi murabbiy Stiv Holland klub oldiga qo‘yilgan vazifalar oddiygina kuchli to‘rtlik yoki beshlikdan joy olish bilan cheklanmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa imkon qadar birinchi o‘ringa yaqinlashishni va har bir uchrashuvda maksimal natija qayd etishni asosiy maqsad sifatida belgilagan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” APL turnir jadvalida 31 ta uchrashuvda 55 ochko jamg‘argan golda uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Arsenal”dan 15 ochkoga ortda qolmoqda. Maykl Kerrik bosh murabbiy etib tayinlanganidan buyon jamoa 10 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu bahslarning 7 tasida g‘alaba qozonildi, 2 marta durang qayd etildi va faqat bir bor mag‘lubiyatga uchraldi. Shuni ham qayd etish kerakki, so‘nggi uchta o‘yinning ikkitasida manchesterliklar ochko yo‘qotishdi.

Manba: Daryo.uz
Kiritildi: 23:19, 09.04.2026.
O'qildi: 2379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик