Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Transfer olamidagi so‘nggi yangilikalar

Transfer olamidagi so‘nggi yangilikalar

Baho:
+ | -

Bugungi kuning eng muhim transfer voqealari va mish-mishlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Pol Pogba ishida burulish

Fransiyalik futbolchining «Real Madrid» safiga borib qo‘shilishining deyarli iloji qolmadi. Sababi «Manchester Yunayted» rahbarlari uni «Real Madrid»ga sotmaydigan bo‘ldi. «Marca» nashrining xabar berishicha, muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan va ikki tomon ham bundan norozi. Endilikda Pogba «Real Madrid»ga o‘tishni xohlashini aytishi shart, aks  holda u «qirollik klubi»ga o‘ta olmaydi.
Hozirda futbolchi «Yuventus»ga qaytish variyanti ustida jiddiy bosh qotirmoqda. Turin super klubi o‘z futbolchisnii ortga qaytarish maqsadida «Manchester Yunayted» bilan muzokaralar o‘tkazishga shay bo‘lib turibdi. Pogbaning o‘zi esa YCHLda ishtirok etmaydigan klubda to‘p tepishni istamayapti.

«Atletiko Madrid»ga Kavani kerak

«Matraschilar» Grizmanning ketishiga har tomonlama tayyorlanishmoqda. Agarda fransuz jamoani tark etsa, «Atletiko Madrid» Kavani bilan muzokaralarni hal qiluvchi ko‘rinishga olib chiqish niyyatida.
Kavanining o‘zi ham tezroq «PSJ»dan ketish payiga tushib qolgan. Unga klubdagi ichki muhitning yomonligi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda deb hisoblayotgan urugvaylik hujumchi jamoasini almashtirish ilinjida.
Kavani Neymar bilan janjallardan charchaganini takrorlashdan charchamayapti. Va shu ham ma’lumki, klub ikki dunyoda ham uni sotib yubormasligini aytgan. Shuning uchun yaxshisi o‘zi ketishi haqida muxlislariga o‘z intervyusida aytib o‘tgan edi. Kavanining aytishicha  «PSJ» uni salqab qolish uchun kerak bo‘lsa  Mbappedan ham voz kecha oladi.

«Barselona» De Ligtga so‘nggi taklifini jo‘natdi

Kataloniya super klubi «Ayaks» himoyachisini ortiqcha qiyinchiliksiz o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilgan edi. Afsuski oraga «PSJ» suquldi va futbolchining transfer summasi va maoshini ko‘tarib yubordi. O‘zi shundoq ham daromadining katta qismini futbolchilariga maosh sifatida tarqatadigan «Barselona» hali 20 yoshga kirmagan futbolchi uchun yiliga 15 million taklif eta olmaydi. Shunga qaramasdan, «Barselona» bugun «Ayaks»ga 80 million va futbolchi uchun ko‘plab bonuslarga ega shartnoma taklif qiladi. Agarda  De Ligt va uning agenti bu shartnomani ham paysalga solsa, «Barsa» bu futbolchi bilan muzokarlarni to‘xtatadi.

«Yuventus» bir yo‘la 4 futbolchini qo‘lga kiritmoqchi

«Le Gazetta Della Sport» nashrining xabar berishicha  «Yuventus» «Real Madrid»ning 4 ta futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi. Manbaada yozilishicha, «Real Madrid» transfer bozorida iloji boricha kuchayib olish maqsadida o‘z futbolchilarini sotib yuborishga tayyor. Hozirda «qirollik klubi»ning bir yo‘la 4 ta futbolchisi «Yuventus» nishonida turibdi. Bular Marselon, Sebalos, Isko va Hames Rodrigez bo‘lib, bu transferlarni amalga oshishini shaxsan Ronaldu xohlamoqda.  
Ma’lumot uchun shuni aytish joizki, «Real Madrid» UEFA qonunlariga rioya qilishi va bu mavsumda 300 million yevro qiymatida futbolchilarini sotib yuborishi shart. Aks holda, uning jamoani kuchaytirish maqsadida qilinayotgan transferlari amalga oshmay qoladi.

«Yuventus» esa 5 ta futbolchisidan qutulmoqchi

Yuqorida aytilganidek, «Yuventus» klubi katta o‘zgarishlar boshida turibdi. Jamoa yangi mavsum oldidan o‘z safidagi beshta futbolchini sotib yuborish istagida. Qora ro‘yxatdan joy olganlar : Perin, Kuadrado, Mandjukich, Konselu va Duklas Kosta. «Yuventus» o‘zi istagan futbolchilarni olib kelishi uchun katta mablag‘ talab etilgani bois yana ba’zi futbolchilarini sotib yuborishi ham hech gap emas. Paolo Dibala, Miralem Pyanichlar shular jumlasidan
 Hozircha shular. Transfer oynasidagi yangiliklar bilan siz aziz muxlislarni tanishtirishda davom etamiz. Bizda qoling!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 14:37, 11.06.2019.
O'qildi: 11246 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.