Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

O‘FAdan kimlar ketib, kimlar keldi?

O‘FAdan kimlar ketib, kimlar keldi?

Baho:
+2 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun 14 iyun kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zolari va boshqa mutasaddi shaxslar ishtirok etishdi. Kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

-O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidentlarining yozgan arizalariga asosan o‘z lavozimlaridan ozod etish;

-O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidentlari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi nomzodlarni ko‘rib chiqish;

-O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Prezidenti Ramatov Achilbay Jumaniyazovichning Bosh kotib bo‘yicha bildirgan taklifini ko‘rib chiqish;

-O‘zbekiston futbol assosiasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasini chaqirish bo‘yicha taklif tayyorlash.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan. O‘FAning amaldagi vise-prezidentlari Umid Ahmadjonov, Po‘lat Bobojonov va Sherzod Toshmatovdan o‘z lavozimlaridan muddatdan oldin ozod etish masalasida arizalar kelib tushgan bo‘lib, Ijroqo‘m a’zolari bu arizalarni qanoatlantirish bo‘yicha ovoz berishdi.

O‘FA vise-prezidentligiga Ijroqo‘m a’zolarining ovozlari bilan FIFA referisi Ravshan Ermatov va IIV vaziri o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev vaqtincha vazifani bajaruvchi sifatida saylanishdi.

Shuningdek, O‘FA prezidenti Achilboy Ramatovning taklifiga asosan, amaldagi bosh kotib Sardor Rahmatullayev o‘rniga Avaz Maksumov Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tayinlandi.

O‘FA Ijroiya qo‘mitasi qaroriga asosan O‘zbekiston futbol assosiasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi joriy yilning 15 iyuliga belgilandi hamda konferensiya kun tartibini shakllantirish Avaz Maksumovga yuklandi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:05, 14.06.2019.
O'qildi: 6467 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.