Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Argentina Kopa Amerikani mag‘lubiyat bilan boshladi

Argentina Kopa Amerikani mag‘lubiyat bilan boshladi

Baho:
+ | -

Braziliya mezbonlik qilayotgan Amerika kubogida 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. "V" guruhidan o‘rin olgan Kolumbiya va Argentina terma jamoalari Salvador shahrida to‘qnash kelishdi.

Birinchi bo‘limda xavfli vaziyatlar deyarli yuzaga kelmadi va hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda esa ustunlik ko‘proq Messi jamoadoshlari tomonida bo‘ldi. Bahsning 59 va 66-daqiqalarida "albisileste" burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda golli vaziyat yuzaga keldi. Ammo kolumbiyaliklar posboni David Ospina mahorat ko‘rsatib, xavfni bartaraf etdi.

Kolumbiya esa yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalandi. Dastlab Xames Rodriges tomonidan yetkazilgan diagonal uzatmani qabul qilgan Roxer Martines bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va 15 metrlardan kuchli zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida kolumbiyaliklar Argentinani qarshi hujumda jazolashdi. Duvan Sapata to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa, Kolumbiya terma jamoasi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Amerika kubogi, "V" guruhi, 1-tur
Argentina – Kolumbiya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 71 Martines, 0:2 – 86 Sapata.
Argentina – Armani, Pesselya, Talyafiko, Saraviya, Otamendi, Lo Chelso, Paredes, Rodriges (Pisarro, 67), Di Mariya (de Paul, 46), Messi, Aguero (Suares, 79).
Kolumbiya – Ospina, Mina, Tesilyo, Medina, Sanches, Kuadrado (Lerma, 64), Barrios, Uribe, Xames, Muriel (Martines, 14), Falkao (Sapata, 81).
Ogohlantirishlar: Falkao (19), Rodriges (42), Saraviya (52), Paredes (55), Kuadrado (60), Sapata (87), Lerma (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:46, 16.06.2019.
O'qildi: 13528 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик