Kirish Ro'yxatdan o'tish

Transfer olamidagi eng so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi eng so‘nggi yangiliklar

Baho:
+1 | -
Bo'lim:

Transfer olamidagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz. Bugungi kuning eng so‘nggi xabarlari bilan tanishing

Sarri «Yuventus»ga o‘tadi!

“«Yuventus» klubi Sarri bilan to‘liq kelishuvga erishdi”, - deb xabar tarqatmoqda «The Times» nashri.  U yerda yozilishicha, tomonlar shartnomaning bandlarini ham ko‘rib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Unga ko‘ra Sarri «Yuventus» safida 2021-yilga qadar bosh murabbiylik lavozimida ish yuritadi. Uning «Chelsi»dagi o‘rnini katta ehtimol bilan «Chelsi» afsonasi  Frenk Lempard egallashi kutilmoqda.

Manbaaning xabar berishicha, Frenk Klub rahbari Roman Abramovich bilan birgalikda suhbat o‘tkazgan va 2 yil davomida uni ishdan bo‘shatmasligi  shartini qo‘ygan. Abramovich bu taklifga rozi bo‘lgan bo‘lsa ajnmaymiz. Sababi, Lempard yosh bo‘lsada o‘zining murabbiylikdagi debyutida anchagina katta yutuqlarga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda Frenk  kelajagi porloq murabbiylardan!

Darbadar Adriyen Rabio

«Mundo Deportivo» nashrining xabar berishicha, Adriyen Rabio shu kunlarda Angiliyada istiqomat qilmoqda. Manbaa bergan ma’lumotga tayanadigan bo‘lsak, uning yangi klubi APL grandlaridan biri bo‘lishi mumkin. Hozirda uning hizmatlariga APLning «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Manchester Yunayted» Pogbaning o‘rinini Rabio bilan to‘ldirmoqchi bo‘lsa, «Liverpul» maydon markazidagi raqobatni kuchaytirish niyyatida yuribdi.

Futbolchining o‘zi Klopp qo‘l ostida to‘p surishni juda istamoqda. Aynan shu faktor evaziga ham fransuz «qizil iblislar»ning moliyaviy qulay taklifini ham rad etishi mumkin. Tanlov Rabionining kelajagiga qanday ta’sir o‘tkazishini inobatga oladigan bo‘lsak, futbolchi anchagina qiyin ahvolda qoldi.

Muhammad Salah qoladigan bo‘ldi!

«Mirror» nashrining xabar berishicha, «Liverpul» futbochisi Muhammad Salah bu mavsumda o‘z jamoasida qoladi. Futbolchiga transfer oynasi ochilishi zahoti «Real Madrid» va «Yuventus» singari top klublar qiziqib qolganidan xabaringiz bor. Nashrning xabar berishicha, «Real Madrid»ning bu transfer oynasidagi eng birinchi maqsadi aynan Salah bo‘lgan. Bu transfer amalaga oshmagach, «qirollik klubi» o‘z e’tiborini to‘liq Eden Azarga qaratdi va uni o‘z safiga qo‘shib oladi. Eng qizig‘I shundaki, «Real Madrid» «Liverpul» uchun transfer oynasi ochilishiga bir kun qolganida 150 million funt sterling taklif qiladi va «Liverpul» Salahni sotishga rozi bo‘ladi. Buni qarangki, YCHLdagi g‘oliblikdan so‘ng misrlik futbolchi klubda qolishga qaror qiladi va «Liverpul» «Real Madrid»ga rad javobini beradi. Bu yangilik Eden Azarning transferiga bo‘lgan qiziqishni pasaytirmasligi uchun uzoq muddat sir saqlangan bo‘lsada, baribir yuzaga qalqib chiqdi.

Beylga yangi hairdo topildi

Uelslik futbolchining mash-mashasi «Real Madrid»ga tobora katta noqulayliklar tug‘dirmoqda. Uning haftasiga deyarli 400 ming yevro maosh olishi klubda boshqa futbolchilarning ham kattaroq maosh talab qilishalariga sabab bo‘lmoqda. Jamoaning ichki muhiti biroz yomonlashgan bo‘lsada, hozirgi kunga qadar Ispan tilida so‘zlasha olmaydigan Beyl  maoshi tufayli boshqa klubga o‘tishni sira istamayapti. O‘tgan haftada futbolchining agenti «Manchester Yunayted» rahbarlari bilan uchrashgan bo‘lsada, muzokaralar omadsiz yakunlandi. Endilikda Garretga Germaniyaning «Bavariya» klubi o‘z tarkibidan joy taklif qilmoqda. Bundan tashqari, «Bavariya» Beylning «Real Madrid»dagi maoshini to‘liq to‘lab berishini ham rasman e’lon qildi. «Real Madrid»  bunday taklifdan boshi osmonga yetdi va uni tezroq jamoadan ketkazib yuborish maqsadida «Bavariya»ning taklifini qabul qildi. Endilikda, Beyl va uning oilasi bu masalani atroflicha o‘rganib «Bavariya»ga javob berishi zarur. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qaysi tomonga burular ekan

Koutinyo «Manchester Siti»ga o‘tadi!

Ispaniyaning «Marca» nashri tarqatgan xabarlariga qaraganda, «Barselona» klubi futbolchisi Felippe Koutinyo tez orada «Manchester Yunayted»ga emas, «Manchester Siti» futbolchisiga aylanadi. Tomonlar futbolchining narxi borasida o‘zaro kelishuvga erishdi va endi futbolchi va «shaxarliklar» o‘rtasida shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar boshlanadi.
Bundan biroz avvalroq Koutinyoning «PSJ»ga o‘tishi borasidagi xabarlar tarqalgan edi. Parij klubining rahbarlari bu transferni faqatgina Neymar istagi uchungina amalga oshirish niyyatida edilar. Afsuski, «Barselona»ga o‘tishni juda istayotgan futbolchi klub rahbarlarining jaxlini chiqardi va bu transfer amalaga oshmay qoldi. Felipening o‘zi esa, «Kopa Amerika» musobaqasidan so‘ng yangi klubiga borib qo‘shilishidan umidvor. Sababi «Barselona»dagi omadsizliklardan so‘ng futbolchi tezroq boshqa klubga o‘tib, hammasini boshidan boshlash niyyatida ekanligini yashirib o‘tirmayapti!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 11:18, 17.06.2019.
O'qildi: 15177 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.