Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Xoland faqat bir klubga o‘tishni istamoqda

Xoland faqat bir klubga o‘tishni istamoqda

Baho:
+2 | -

«Manchester Siti»ning norvegiyalik to‘purari Erling Xoland faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni qat’iy maqsad qilgan. Bu haqda Topskills Sports UK nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Xoland kelgusida «Barselona» sharafini himoya qilishni istamoqda va shu sababli yozda tushadigan boshqa barcha takliflarni rad etish niyatida. Hujumchi «ko‘k-anorranglilar» hozircha uning transferini moliyaviy jihatdan amalga oshira olmasligini yaxshi tushunadi, shu bois «orzusidagi transfer» 2027 yilga rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, yaqin vaqt ichida ushbu ehtimoliy kelishuv borasida yangi tafsilotlar paydo bo‘ladi.

Joriy mavsumda 25 yoshli Xoland barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Norvegiyalik futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari hujumchining bozor qiymatini 200 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 18:36, 10.04.2026.
O'qildi: 41226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик