Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

MOQda figurali uchish bo‘yicha JCH mezbonligiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi

MOQda figurali uchish bo‘yicha JCH mezbonligiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, Toshkent 2022 yilning 7-13 mart kunlari figurali uchish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini qabul qilish uchun da’vogar bo‘lib turibdi. Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida JCH mezbonligiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ mutasaddilari, O‘zbekiston qishki sport turlari assosiasiyasi rahbariyati va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Ayni paytda Xalqaro konkichilar ittifoqiga mezbonlik bo‘yicha ariza topshirilgan. Anjumanda assosiasiya vakillari bo‘lajak jahon chempionatiga mezbonlik yurtimizda qishki sport turlarining rivoji uchun ne chog‘lik ahamiyatli ekani, xalqaro tashkilotning bu boradagi talablari xususida gapirib berishdi.

“Bu musobaqa haqiqatdan ham biz uchun katta ahamiyatga ega. Jahon chempionatini qabul qilib, yurtimizning nafaqat sport, balki turizm sohasidagi rivojiga xissa qo‘sha olamiz. Shubhasiz, bellashuvlarga “Humo arena” mezbonlik qilishi kutilmoqda. Musobaqa 4 yo‘nalishda: yigitlar va qizlar o‘rtasida yakkalik hamda juftlik, shuningdek, raqs bo‘yicha o‘tkaziladi. Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida o‘smirlar o‘rtasidagi Gran-priga ham mezbonlik qilish niyatimiz bor. Bu bilan xalqaro tashkilotga jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkaza olishimizni ko‘rsatib beramiz. Qolaversa, musobaqa logotipini aniqlash uchun joriy yilning oktyabr va dekabr oylari orasida so‘rovnoma yoki konkurs o‘tkazishni rejalashtirganmiz”, – dedi O‘zbekiston qishki sport turlari assosiasiyasi vakili Artyom Knyazev.

Anjuman davomida sportchilarimizni ushbu jahon chempionatiga saralab olish va tayyorlash mavzusida ham fikr bildirildi. Shuningdek, assosiasiya vakillari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:31, 18.06.2019.
O'qildi: 1913 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.