Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

O‘zbekiston chim ustida xokkey federasiyasi Yevropa federasiyalaridan biri bilan memorandum imzoladi

O‘zbekiston chim ustida xokkey federasiyasi Yevropa federasiyalaridan biri bilan memorandum imzoladi

Baho:
+ | -

Yurtimizda nafaqat yakkakurash, balki Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan boshqa sport turlarini rivojlantirish borasida ham qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, chim ustida xokkey federasiyasi mutasaddilari ham ushbu sportni yurtimizda rivojlantirish va terma jamoamizni yanada kuchaytirish borasida izchil ishlab olib bormoqda.

Ayni paytda Belarus Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston chim ustida xokkey federasiyasi rahbari Bahodir Ahmedov ushbu mamlakat federasiyasining raisi Aleksandr Yekimenko bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birgalikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish kabi masalalar xususida muzokara olib borildi.

Muzokara yakuniga yetgach, har ikki tomon o‘rtasida memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, ikki tomon kelajakda o‘zaro chuqur hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, terma jamoamiz murabbiylarini Belarusdagi oliy-o‘quv yurtlarida malaka oshirishga jo‘natish kabi bandlar keltirib o‘tilgan.

Manba: Olympic
Kiritildi: 11:18, 19.06.2019.
O'qildi: 2603 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.