Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Muhsin Muhammadiyev: «Vazifamiz Superligada qolish»

Muhsin Muhammadiyev: «Vazifamiz Superligada qolish»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadionida «Andijon» klubi «Buxoro»ni qabul qildi va 4:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin esa matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Iatbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiyev ishtirok etdi.

- Bugungi mag‘lubiyat sababini qanday izohlaysiz?

- O‘yin haqida qanaqa fikr bildirishim mumkin? Bizning jamoa hali o‘yinga tayyor emas. Birinchi davra yakunlanishini kutamiz. Keyin shunga qarab tarkib va o‘yinimizda o‘zgartirishlar kiritishga harakat qilamiz. Bunday futbol o‘ynamaslik kerak. Biz albatta ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko‘ramiz.

-  Umuman olganda, «Buxoro»ning oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- Bugungi kundagi bizning vazifamiz Superligada qolish. Nimagaki, jamoamizda kattaroq maqsadlarni bajarish uchun mahoratli o‘yinchilar yo‘q.

- Jamoa o‘yinini ko‘rganimizda ichki muhit ham yaxshi emasligi ko‘rinib turibdi…

- Men ham tushunmay qolyapman. Jamoada qanday muhit bor? Bu savolga javob bera olmayapman. «Buxoro»ga yaqindagina keldim va hali bu jamoa bilan ko‘p vaqt o‘tkazganaim yo‘q. Shu bois mening o‘zimda ham bu jamoaga nisbatan savollarim ko‘p.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:54, 20.06.2019.
O'qildi: 2635 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик