Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Aleksandr Xomyakov: «Har bir musobaqada maksimal natija ko‘rsatishga harakat qilamiz»

Aleksandr Xomyakov: «Har bir musobaqada maksimal natija ko‘rsatishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yirik hisobdagi g‘alabadan kayfiyati chog‘ bo‘lgan "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Birinchi navbatda birinchi debyut g‘alabamni qo‘lga kiritganimdan xursandman, - deya gap boshladi, Xomyakov. - Birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz unchalik ham qovushmadi. Qolaversa, biroz asabiy o‘yin bo‘ldi. Lekin shunga qaramay, biz hisobni ochishga erishdik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin tizginini yo‘qotib qo‘ymaslik borasida bizda biroz qo‘rquq ham bo‘ldi. Ammo o‘ylagan rejalarimiz bugun amalga oshdi. Buning natijasida to‘rtta gol urdik va bundan xursandman. Bundan tashqari, bu o‘yin muxlislarimizga ham yoqdi deb o‘ylayman. Shu fursatdan foydalanib, andijonliklarni bugungi g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Endi ikki kundan keyin bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bugundanoq futbolchilarni tiklash ishlarini boshlaymiz. Chunki yirik hisobda yutgan bo‘lsak-da, yigitlar ancha kuch sarflashdi. Muxlislarimizning daldasi jamoamizga ancha sezilib turdi. Bu esa bizga yanada kuch bag‘ishladi.

- Aleksandr Andreevich, «Buxoro» siz kutganingizdan ham ko‘ra pastroq darajada o‘ynadi deb o‘ylaysizmi?

- «Buxoro»ning ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib o‘ynashini kutgandik. Ayniqsa, bizning xatolarimizdan foydalanib o‘yin ko‘rsatishlarini sezgandik. Bu o‘yinda birinchi bo‘lib gol urishimiz juda muhim edi. Agar birinchi bo‘limda hisobni ochmaganimizda bizga ancha qiyin bo‘lishi mumkin edi. Xullas, gol urganimizdan keyin o‘yin bizning nazoratimiz ostida o‘tdi.

- Shuningdek, bugun bir qator yetakchi futbolchilarga dam berdingiz. Bu bilan ularni Superliga doirasida OKMKga qarshi o‘yin uchun asrab qo‘ydingizmi?

- Ha, to‘g‘ri topdingiz. Bir qator yetakchi futbolchilarimizga dam berishga qaror qildik. Har uch kunda o‘ynash qiyin.

- «Andijon» O‘zbekiston Kubogi bahslarida uzog‘i bilan chorak finalgacha yetib borgan xolos. Bu musobaqada jamoaning maqsadi qanday?

- Biz uchun har bir uchrashuv muhim. Bungacha Muborakda «Mash’al» ustidan g‘alaba qozongandik. Shundan keyin mana bugungi uchrashuvda yutdik. O‘ylaymanki, bu g‘alaba futbolchilarimizga ancha ishonch bag‘ishlaydi. Albatta, Kubokda ham uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. Lekin biz bunisi chempionat, bunisi Kubok bahsi deb ajratib o‘tirmaymiz. Har bir o‘yinda maksimal natija ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:57, 20.06.2019.
O'qildi: 2134 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.