«Manchester Siti» hujumchisi Gabriel Jezus o‘ziga boshqa raqam tanladi.
22 yoshli futbolchi shu paytgacha 33 raqam ostida o‘ynab kelayotgandi. Boshlanajak mavsumda u 9-raqamli futbolkada harakat qiladigan bo‘ldi.
2017 yilning yozida Nolito «Siti»dan «Sevilya»ga o‘tib ketganidan keyin "shaharliklar"da bu raqam bo‘sh turgan edi.