Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nadiya Dusanova Polshadagi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi

Nadiya Dusanova Polshadagi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Kecha Polshaning Opole shahrida yengil atletika bo‘yicha “Opolski Festiwal Skoków” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Jahonning taniqli atletlari ishtirokida kechgan bahsda terma jamoamiz vakillari ham o‘z omadini sinab ko‘rishdi.

Quvonarlisi, musobaqada ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida qatnashgan hamyurtimiz Nadiya Dusanova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Ukraina vakilasi Irina Gerashenkoga nasib etgan bo‘lsa, italiyalik Alessiya Trost kuchli uchlikni yakunlab berdi. E’tiborlisi, barcha sovrindorlar bir xil 1.86 metr natija qayd etishgan. Dusanova ushbu balandlikni birinchi urinishning o‘zidayoq zabt eta olgani uning yuqori o‘rindan joy olishini ta’minladi. Qolgan sovrindorlar bu natija uchun 2 tadan urinish sarflashdi.

Kiritildi: 20:00, 24.06.2019.
O'qildi: 3241 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.