Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Frenki De Yong Messi haqida nimalar dedi?

Frenki De Yong Messi haqida nimalar dedi?

Baho:
+1 | -

Yangi mavsumda «Barselona» klubi futbolchisiga aylanadigan gollandiyalik yosh iqtidor egasi «Barselona» klubining rasmiy saytiga intervyu berdi. Bugun aynan shu intervyuni sizlar uchun tarjima qildik. Marhamat, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling.

«Barselona» bilan shartnoma tuzganing haqida so‘zlab bersang

-  Men uchun bu  juda kutilgan holat edi. Shartnomani sabrsizlik bilan kutar edim va uni imzoladim. So‘ng oilam bilan buni bayram qildik. «Barselona» klubi direktori men bilan uzoq suhbatlashdi va jamoa haqida ko‘p narsalarni aytib berdi. Eng yoqimlisi shu-ki, men «Barsa»ni emas, «Barselona» meni tanladi! Men bolaligimdanoq ushbu klub muxlisiman. Bu jamoada to‘p surgan futbolchilarni birma-bir aytib berishim mumkin. Endilikdagi orzuyim «Barselona» klubining muhim o‘yinchilaridan biriga aylanish. Umid qilamanki, yangi jamoada yulduz darajasiga ko‘tarila olaman.

Muxlislaring Gollandiya va «Barselona» klublarining aloqalari haqida bilishni istaydi

-  To‘g‘ri, «Barselona»da ko‘plab gollandiyalik futbolchilar to‘p surgan. Aynan shu sababli ular orasida anchadan beri davom etib kelayotgan uzulmas aloqalar mavjud. Katta ehtimol bilan bu aloqalar Yohan Kroyf sababli paydo bo‘lgan desak, adashamgan  bo‘lamiz. Umid qilamanki, meni ham bu klubda buyuk ishlar kutmoqda.
Men bilan «Barselona» qiziqayotganidan xabar topgach, Mark Overmarsning oldiga bordim va undan bu klubda to‘p surish qanday ekanligini so‘radim. U menga katta ishtiyoq bilan «Barsa»da o‘tgan yillari to‘g‘risida aytib berdi va agar imkoniyat paydo bo‘lsa, uni qo‘ldan chiqarib yubormaslik zarur deya menga uqtirdi.

«Barselona» ning o‘yin uslubi haqida qanday fikradasan?

-  O‘ylashimcha, «Ayaks» va «Barselona»ning  o‘yin uslubi bir-biriga juda o‘xshash. Ikki klub ham hamma pozisiyalardan foydalangan holda toza futbol namoyish etishga harakat qilishadi. Aynan shu sabab ularning uslublari o‘xshash desam, adashmagan bo‘laman.

«Barselona»ning o‘yin uslubiga mos tushaman deb o‘ylaysanmi?

 - Bu savolga hozircha javob bera olmayman. Bu savolga to‘liq javob qaytarish uchun avval yangi jamoam safida maydonga tushishim zarur. Hozircha hech narsa demoqchi emasman. Men maqtanchoq emasmanku, lekin pozisiyalarni yopishda, to‘pni ushlab turish borasida anchagina malakaga egaman. Afsuski, kamchiliklarim ham mavjud. Men ko‘proq gol urishni boshlashim va ko‘proq golli uzatma berishim shart. Eng muhimi esa, chap oyoqda yaxshiroq haraktlanishim zarur. Qisqasi, ko‘p narsalarni yaxshilashim kerak. Men markaziy zonadagi istalgan pozisiyada harakalanishim va biror bir amplua bilan chegaralanib qolmasligim zarur.  

Tez kunlarda sen  Messi bilan birga to‘p surasan. U haqida nimalar deya olasan?

-  Buni so‘z bilan ifodalash juda mushkul. Menimcha u qolgan hammadan bir bosh baland darajadagi futbolchi. U to‘p bilan va to‘psiz xohlagan ishini amalga oshira oladi. Ayniqsa, uning chap oyog‘i o‘yin davomida raqiblarga katta havf tug‘diradi.  

Senning asosiy raqobatchilarning haqida fikring bilan tanishmoqchimiz!  Buskets haqida nimalar deya olasan?

-  Tan olish zarur, u o‘z pozisiyadagi tengsiz futbolchi. Men tezroq u bilan birga to‘p surish niyyatidaman. Agarda undan nimanidir o‘rgana olsam, bu mening yutug‘im bo‘ladi.

Rakitich ?

-  Hm… Uning zarbasi juda kuchli va taktik jihatdan to‘liq shakillangan o‘yinchi. Uning jismoniy imkoniyatlarini ham alohida aytib o‘tgan bo‘lar edim.
 
Koutinyo?

Juda iqtidorli yigit. U uzoq masofalardan zarba berishning ustasi. To‘g‘risi, u bilan birga to‘p surishni juda istagan edim.
    

Arturo Vidal?

-  U juda kuchli va u jamoaning matori desak, adashmagan bo‘lamiz. Vidal hujumlarga yaxshi qo‘shilsada, himoyani yodidan chiqarib yubormaydigan kam sonli yarim himoyachilardan biri.

Artur?

-  U - braziliyalik. U yerdan kelganlar to‘p bilan qanday muloqot qilishni yaxshi bilishadi.


«Kamp Nou» stadioni haqida fikring qanday?
 
-  U juda ochiq va keng. Tezroq bu stadionda to‘p surgim kelyapti. Bu stadion bilan yoshlik chog‘larimda ajoyib xotiralar qolgan. Ota-onam ta’til chog‘larida bu shaharga ko‘p olib kelishar edi. Biz har safar albatta stadionga kelardik. Mahsus Gid bizni bu klub erishgan yutuqlari va stadionning tarixi bilan tanishtirib chiqar edi. Adashamasam, 6 yoshlik bolakay edim. O‘sha uchrashuv mening klub bilan ilk uchrashuvim bo‘lgan (Kuladi)

«El Klassiko» haqida nimlar deya olsan?

-  U haqida bilmaydigan futbolchining o‘zi bo‘lmasa kerak. «Real Madrid» bilan to‘qnshuvni sabrsizlik bilan kutyapman!

Muxlislarga so‘zlaring bo‘lsa, marhamat

-  Hammaga salom. Meni kutinglar! Tez orada uchrashamiz. Sizlarni sabrsizlik bilan kutyapman!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 20:45, 27.06.2019.
O'qildi: 11547 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.