Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Doston Tursunov: «O‘zbekiston bilan JCHda ishtirok etish niyatim bor»

Doston Tursunov: «O‘zbekiston bilan JCHda ishtirok etish niyatim bor»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Doston Tursunov Osiyo Kubogi-2019 oldidan Yaponiyaning “Renofa Yamaguchi” klubi bilan shartnoma tuzgan edi. 

Mana yarim yildirki, hamyurtimiz Yaponiya J2 ligasida faoliyat olib bormoqda. Sekin-asta milliy terma jamoamizda ham o‘z o‘rnini topib borayotgan futbolchi hozirga qadar “Renofa Yamaguchi” tarkibida 12 ta uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi.

24 yoshli himoyachi O‘FA matbuot xizmatiga Yaponiyadagi faoliyati qanday ketayotgani xususida gapirib berdi: 

- Yapon futboliga ancha moslashib ulgurdim, desam bo‘ladi. Bu yerda J1 liga kabi J2 ligada ham uchrashuvlar ancha shiddatli kurashlar ostida kechadi. J2 ligada jami 22 ta klub ishtirok etadi. Har bir klub safida saviyali legionerlar to‘p surishadi. Uchrashuvlarda temp ancha yuqori, futbolchilar ham jismonan, ham texnik jihatdan ancha kuchli. Tarkibga kirish uchun raqobat yuqori. Lekin men ham o‘z mahoratimni ishga solishga harakat qilyapman.

Yaponiya chempionatidan, xususan J2 ligasi jamoasidan ham yuqoriroq ligalarga yo‘l olish mumkin. Masalan, men ayni paytda faoliyat olib borayotgan “Renofa Yamaguchi” klubi yaqin vaqtlar ichida Yaponiya J1 ligasiga hamda Yevropaning ayrim chempionatlariga o‘yinchilar yetkazib berdi. Men ham aynan shu sababdan mazkur klub safiga kelib qo‘shilganman. Niyatim – bu yerda o‘z mahoratimni namoyish etib,  kuchliroq klub tarkibidan joy olish. Qolaversa, milliy terma jamoamizning ham asosiy futbolchilaridan biriga aylanish. Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev va Yegor Krimes kabi tajribali o‘yinchilardan ko‘p narsalarni o‘rganishga harakat qilyapman. Nasib etsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Qatarda o‘tadigan Jahon chempionatida maydonga tushmoqchiman, - dedi futbolchi.  

Manba: UFA
Kiritildi: 21:12, 28.06.2019.
O'qildi: 4326 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик