Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonilk bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (1-0, 1 KO) avgust oyida o‘zining professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Meliqo‘ziyev 30 avgust kuni Kaliforniya shtatining Pasadena shahrida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ringga ko‘tariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. Jang olti raunddan iborat bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev 13 iyun kuni Hollivudda bo‘lib o‘tgan boks kechasida prof-boksdagi debyut jangini o‘tkazgan va unda argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi jangda raqibini birinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 08:11, 05.07.2019.
O'qildi: 2952 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик