Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Messi faoliyatini yakunlamoqchi?!

Messi faoliyatini yakunlamoqchi?!

Baho:
+ | -

Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlash borasida kichik intervyu berdi. Uning so‘zlari internet olamida katta shov-shuv ko‘tardi va boshqa futbolchilar ham uning qaroriga fikr bildirdi. Bugun e’tiboringizga Messining fikrlarini, so‘ngra uning do‘stlari tomonidan berilgan intervyuni taqdim etamiz.

Messi

Bu turnir biz uchun juda og‘ir o‘tdi. Bunga bir nechta sabablarni sanab berishim mumkin. Tan olish kerak, men o‘zimdan kutilgan futbolni namoyish eta olmadim. Jamoamiz musobaqaga yaxshi tayyorlanmagani sezilib qoldi. Braziliyaga qarshi uchrashuvda o‘zimizni oqlash uchun bir nechta sabablar bo‘lsada, mag‘lubiyatni tan olish ham mardlik degani. Uchrashuv yakunlandi va endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi. O‘ylashimcha, bizni tanqid qilish emas, balki hurmat qilishlari zarur. Bu jamoa uchun vaqt kerak. Hozirgi Argentina o‘sishda davom etsa, kuchli jamoaga aylanishi aniq. Mening bu jamoa safida kelajakda bo‘lishim savol ostida turgan masala. Quvonarlisi shundaki, bu yigitlar mensiz ham o‘sishda davom etishmoqda. Men ishonch bilan terma jamoada qolaman deb ayta olmayman. Hammasi mening jismonan va ruhan tayyorgarligimga bog‘liq. Hozir bu haqida o‘ylashni ham istamayman. Hammasi shu yerda tugagani ma’quldek go‘yo… Endi bor e’tiborimni klubimga qarataman.

Artur

Men qit’a chempionatining finalida maydonga tushayotganimdan juda xursandman. Bu biz uchun juda muhim musobaqa. Biz o‘z muxlislarimizni shod qilmoqchimiz.
Argentinaga qarshi kechgan baxsda bizga omad kulib boqdi. Agarda Messining zarbasi darvoza to‘siniga tegmaganida, hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi.
Hakamlar borasida gapirmoqchi emasman. Ko‘pincha hakamlarning qarori hammaga ham yoqavermaydi. Bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi tabiiy xol. Messining terma jamoadan ketishi borasidagi so‘zlarini eshitdim. Menimcha bu qaror noto‘g‘i. Uning terma jamoasi uchun foydasi hali ko‘p tegishi aniq. Unda hali o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyatlar mavjud.

Frenki de Yong

Men «Kopa Amerika» musobaqasini kuzatib boryapman. Bu juda qiziq turnir. Unda dunyoning eng kuchli futbolchilari to‘p surmoqda. Ularning harakatlarini kuzatgan holda, nimadir o‘rganishga, nimanidir aniqlashtirib olishga muvaffaq bo‘lishni istayman. Yarim finalda Argentinaga muxlislik qildim va Messining finalda o‘ynashini juda istadim. Natijadan qoniqmagan bo‘lsamda, Argentina termasining o‘yinlaridan ko‘nglim to‘ldi. Tablodagi hisobga qaramasdan o‘sha kuni ular yorqinroq uchrashuv o‘tkazishdi. Uning termadan ketmoqchi ekanligini eshitdim. O‘ylashimcha, unga bunday yo‘l tutish yarashmaydi. Oldinda katta musobaqalar uchun vaqt yetarli. Agarda Messi keyingi katta turnirda jamoa  safida bo‘lsa, Argentina uzoq kutilgan sovringa ega chiqadi.

Arturo Vidal

Peruga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng biz yengil shok holatidamiz. Shunday bo‘lsada, bizni 3-o‘rin uchun bahs kutib turibdi. Eshitishimcha bu uchrashuv Messi uchun termadagi so‘nggisi ekan.
U nima qilayotganini juda yaxshi biladigan yigit. Uning har qanday qarorini hurmat qilishimiz shart!

Luis Suarez

Men uning termadan ketish haqidagi qaroridan hayratda qoldim. Terma jamoadagi omadsizlik uni bir necha yillardan beri quvib kelmoqda va uni qo‘yib yubormoqchi emas. Tashlab ketish har doim oson, lekin hayotda oxirigacha kurashganlargina g‘olib chiqadi. Agarda Messi termadan ketsa, bu uchun umrning oxiriga qadar afsuslanadigan qaroriga aylanishi mumkin. Messi dunyoning eng kuchli futbolchisi ekanligni qariyb 10 yildan beri isbotlab kelmoqda. Men kelajakda nabiralarimga u bilan to‘p surganim haqida faxr bilan aytib beraman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:58, 05.07.2019.
O'qildi: 19792 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.