Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Xorazmda “Xalqaro kamondan otish va milliy o‘yinlar festivali” o‘tkaziladi

Xorazmda “Xalqaro kamondan otish va milliy o‘yinlar festivali” o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 6-8 sentyabr kunlari Xiva shahrida “Xalqaro kamondan otish va milliy o‘yinlar festivali”ni o‘tkazish rejalashtirilgan. Etnofestivalning asosiy maqsadi yo‘qolib borayotgan milliy o‘yinlarimizni tiklash, ularni keyingi avlodga yetkazishga qaratilgan. Katta qiziqishga sabab bo‘layotgan mazkur tadbirga tayyorgarlik hozirdanoq boshlab yuborildi. Ushbu festivalni yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida bugun Milliy olimpiya qo‘mitasiga Butunjahon etnosport konfederasiyasi vakillari Yasin Tutunju hamda Salix Aksu tashrif buyurishdi. Ularni MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov qarshi oldi.

Xush kelibsizlar. Kamondan otish tarixdan ota-bobolarimizning sevimli mashqi bo‘lib kelgan. Birgalikda mana shunday sport turlarini tiklayotganimizdan mamnunman. Mazkur tadbirni o‘tkazish uchun Xiva shahri tanlab olingani ham bejiz emas. Bu shahar “Ochiq osmon ostidagi muzey” nomi bilan YUNESKO qaramog‘iga kiritilgan. Mana shunday joyda milliy o‘yinlarimizni targ‘ib qiluvchi festival o‘tkazish esa yo‘qolib borayotgan qadriyatlarimizni tiklash yo‘lida qilingan foydali va samarali ishdir. Bu yilgi tadbirda faqat o‘zbek milliy o‘yinlarini olib chiqish rejalashtirilgan. Ammo buni kelajakda qo‘shni va qardosh xalqlarning qadriyatlarini, o‘yinlarini birlashtiruvchi festivalga aylantirish niyatidamiz”, – dedi Jasur Matchanov.

O‘z navbatida xalqaro ekspert ham festivalga olib borilayotgan tayyorgarlikka yuqori baho berib, aytib o‘tilgan takliflarga o‘z fikrini bildirdi.

“Haqiqatdan ham tarixiy tadbir oldida turibmiz. Bu hamkorligimizning boshlanishi. Nasib qilsa, bundan ham yirik loyihalar ustida ish olib boramiz. O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi vakillari menga musobaqa o‘tkazish yuzasidan tayyorlangan taqdimotni ko‘rsatishdi. Haqiqatdan ham juda chiroyli joy tanlab olingan. Bunday festivallarni o‘tkazish yosh avlodga tarixini anglash uchun xizmat qiladi. Dunyoda sanoqli mamlakatlargina bunday tadbirlar o‘tkazishadi. Yaqinda Istambul shahrida ham bu ish yo‘lga qo‘yildi. Natijada yuz minglab yoshlar yo‘qolib ketayotgan milliy o‘yinlari haqida ma’lumot olishdi va ularni o‘ynay boshlashdi”, – dedi Yasin Tutunju.

Uchrashuv mobaynida festivalni o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan taqdimot keng muhokama qilinib, u bo‘yicha fikrlar almashildi. Ta’kidlash joiz, mazkur festival doirasida barcha viloyatlarimizda bo‘lgan milliy o‘yinlar “jonlantiriladi” va muxlislar e’tiboriga havola qilinadi. Ushbu tarixiy voqelik doirasida kamondan tik holatda va ot ustida nishonni poylash, kurash va boshqa ko‘plab sport turlari bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:27, 09.07.2019.
O'qildi: 1888 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.