Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta

O‘zbekistonlik tennischi yigitlar Butunjahon talabalar universiadasida finalga chiqdi

O‘zbekistonlik tennischi yigitlar Butunjahon talabalar universiadasida finalga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada-2019 o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning juftlik va yakkalik bahslarida ketma-ket zafar quchib kelayotgan tennischi yigitlarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev bugun yana bir muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarining yarim final o‘yinida xitoylik Xao Vu va Shuai Xuga qarshi kortga chiqqan vakillarimiz 7/6 (2), 6/2 hisobida zafar quchib, universiadaning finaliga yo‘l olishdi.

Musobaqaning juftlik bahslarini ikkinchi davradan boshlagan Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev dastlabki o‘yinda tailandlik tennischilarni, to‘rtinchi davrda Janubiy Afrika hamda chorak finalda Xitoy Taypeyi vakillarini mag‘lubiyatga uchratishgan edi.

Ertaga, 12 iyul kuni o‘tkazilayotgan final o‘yinida vakillarimiz koreyalik Seochan Hong va Sanhui Shin juftligiga qarshi kortga tushadilar.

Hal qiluvchi bahsda ham yigitlarimizdan g‘alaba kutib qolamiz.
 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 

Matbuot xizmati

Kiritildi: 21:15, 11.07.2019.
O'qildi: 2273 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.