Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

O‘zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon kubogiga yo‘l oldi

O‘zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon kubogiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Unda Jamshid Asadov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jahon kubogi bahslarining guruh bosqichiga tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning "C" guruhidan o‘rin olgan va guruhda Ispaniya, Vyetnam, Rossiya, Latviya, Sloveniya, Belarus terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

Bugun tongda terma jamoamiz vakillari Polshaga yo‘l oldi. Terma jamoa bosh murabbiyi Jamshid Asadov safar oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

- Terma jamoamiz mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida Jahon kubogida ishtirok etish uchun Polshaga yo‘l olmoqda. Barchadan bizni qo‘llab-quvvatlashini va duo qilib turishlarini so‘rayman. Bu bizga yanada kuch berishiga aminman. Biz ham o‘z navbatida butun xalqimizning ishonchini oqlashga va barchani g‘alaba bilan xushnud etishga urinamiz. Maqsadimiz – chempion bo‘lib qaytish, - dedi mutaxassis.

Manba: Ufa.uz
Kiritildi: 10:46, 12.07.2019.
O'qildi: 3773 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик