Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 23:45 Jenoa 3-0 Kalyari
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Butunjahon karate WKF federasiyasi prezidenti Antonio Espinoz MOQda mehmon bo‘ldi

Butunjahon karate WKF federasiyasi prezidenti Antonio Espinoz MOQda mehmon bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

19-21 iyul kunlari poytaxtimiz karate bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqa Tokio Olimpiadasi uchun joriy yildagi eng ko‘p reyting ochkolarini taqdim qiladigan turnir bo‘lgani bilan yanada ahamiyatli. Shu bois ham, ayni kunlarda Butunjahon karate federasiyasi (WKF) rahbariyati ham Toshkentda mehmon bo‘lib turibdi. Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasiga Antonio Espinoz boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov va vise prezidenti Aziz Kamilovlar kutib olishdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, Olimpiya oilasiga yangi qo‘shilgan karate sport turini mamlakatimizda yanada rivojlantirish borasida suhbat olib borildi.

“Sizni O‘zbekistonda ko‘rib turganimizdan behad mamnunmiz. Ayni paytda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan sport soxasi rivojiga katta e’tibor qaratilmokda. Davlatni rivojlantirish dasturi bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri aynan ommaviy sport va jismoniy tarbiya sohasiga tegishli. Karate dunyo miqyosida aloxida o‘rin egallaydi. Chunki u o‘zining chuqur falsafasi va boy tarixiga ega bo‘lib, insonni nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan barkamol qiladi. Bu borada Milliy olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston karate milliy federasiyasini qo‘llab-quvvatlashga va yordam berishga tayer. Shu nuqtai nazardan federasiyalararo o‘zaro xamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq”-, deya fikrlarini bayon qildi MOQ rahbari.

Mazkur uchrashuvda Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti Azizjon Kamilov, O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi raisi Alamjon Mullayev, ham ishtirok etdi. Janob Espinozga esa Butunjahon karate WKF federasiyasi vise-prezidenti, BAA karate WKF federasiyasi prezidenti general Nosir Abdul Razzoq Al Razzoqi (BAA) hamda Saudiya Arabistoni karate WKF federasiyasi prezidenti doktor Ibrohim Al G‘annos hamrohlik qildi.

O‘z navbatida Antonio Espinoz ham Osiyo chempionatiga olib borilayotgan tayyorgarlik xususida gapirib o‘tdi:

“Avvalo, iliq qabul uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu mening yurtingizga qilayotgan ikkinchi rasmiy safarim. Ta’kidlashim joizki, menda O‘zbekiston xaqida, shuningdek, mamlakatingizda sportga qaratilayotgan e’tibor va olib borilayotgan ishlar haqida faqatgina ijobiy fikrlar qolmoqda. O‘zbekistonda karate Milliy federasiyasi faoliyati mustahkam yo‘lga qo‘yilgani va u hukumat tomonidan xar tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi juda quvonarli xolat. Yaqin 10 yillikda karate professional sport turi sifatida juda rivojlandi va katta yutuqlarga erishdi. Tokio Olimpiadasiga ko‘rilayotgan jiddiy tayyorgarlik bunga yaqqol misol bo‘la oladi. O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionati doirasida Kongress ham bo‘lib o‘tadi. Unda Osiyo karate federasiyasining yangi prezidenti saylanishi ham ko‘zda tutilgan” – dedi Antonio Espinoz.

Uchrashuv mobaynida yurtimizda karateni yanada rivojlantirish va terma jamoamizga jahonning yetakchi murabbiylarini jalb qilish kabi bir qator istiqbolli rejalar xususida muzokara olib borildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:26, 16.07.2019.
O'qildi: 1862 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.