Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Joze Mourinyodan iqtiboslar

Joze Mourinyodan iqtiboslar

Baho:
+2 | -1

Jurnalistlar uchun eng kuchli murabbiy sanaladigan Joze Mourinyo o‘z faoliyati davomida intervyulari bilan hammani hayratda qoldirgan va qoldirib kelmoqda. Bugun u aytgan eng mashxur ibora va iqtiboslarni yodga olamiz.

«Agarda men aqilli insonni so‘zlarini eshitishni istasam, o‘sha zahotiyoq gapirishni boshlayman»

«Xatto Iso (A.S)ni ham hamma yoqtiravermaydi. Meniku, qo‘yavering!»

“Agarda sen Barabanni yaxshi chalsang, kimningdir «skripka chal»,- degan buyrug‘iga e’tibor qaratmasliging zarur.”

«Agarda odamlar sizni yoqtirishsa, siz yaxshi insonsiz. Agarda ular sizni yomon ko‘rsa, siz eng zo‘risiz!»

«Besh bor 0 : 1 hisobida yengilgandan ko‘ra, bir bor 0 : 5 hisobida yutqazgan ma’qul»

«Menga otilgan barcha toshlar bir joyga jamlansa, undan haykal yasash mumkin.»

«Men dunyodagi eng zo‘r murabbiy emasman. Shunday bo‘lsada, kimdir mendan kuchliroq deb ham o‘ylamayman.»

«G‘alabadan so‘ng quvonadiganlar ko‘p. Menda esa bu uchun vaqt yo‘q.»

“Hamma «Chelsi»ning mag‘lubiyatini shu qadar orzu qilib kutyapti. Deylik, biz mag‘lubiyatga uchradik ham. Xo‘sh, o‘sha kuni Britaniyada dam olish kuni deb e’lon qilinadimi?”

“London ko‘chalaridan birida 75 yoshlardagi inson oldimga keldi. Uning ko‘zlaridan yosh oqayotgan edi. U bundan 50 yil avval «Chelsi» klubi oxirgi chempionlikni qo‘lga kiritgan uchrashuvda otasi va bobosi bilan stadionda bo‘lganini to‘lqinlanib aytib berdi. Hozirgi kunga kelib uning otasi va bobosining hayot emasligi aniq. Shunday bo‘lsada, bu voqea meni judata’sirlantirgan edi.”

«Milan shahrining meri meni pastkashlikda aybladi. Bilasizmi, u meni nogiron bolaga tanga sadaqa qilganim uchun koyib berdi. Aslida, bu mayda tanga emas edi. Men unga ayolim sovg‘a qilgan kichik hochni hadya qilgan edim. Bu hoch meni 5 yil davomida ko‘p balolardan saqlagani uchun uni shu bolaga ilingan edim. Agarda men biror bir yaxshi ish qilsam ham doim meni tanqid qilishadi.»

«Men Italiyan tilini kuniga besh soatdan mashq qilib bo‘lsada o‘zlashtirdim. Bundan asosiy maqsadim muxlislar va jurnalistlar bilan yaqindan muloqot qilish edi. Qanchalar harakat qilmay, meni muxlislar va jurnalistlarga nisbatan hurmatsizlikda ayblashdi.»

«Meni nega hamkasblarim tanqid qilishadi? Sababi, ular meni tanqid qilishsa, ertasi kuni jurnallarning muqovasida chiqishlarini juda yaxshi bilishadi. Bu ular uchun tekin reklama!»

«Chelsi» uchun so‘nggi yillar omadsiz o‘tdi. Bu omadsizlik mening ketishimdan so‘ng boshlandi va bu tasodif emas.”

«Bugungi uchrashuvda biz qanchalar kuchli o‘yin ko‘rsatganimizni ko‘rdingizmi? O‘yin davomida raqiblarimizga imkon qoldirmadik. Xatto darvozada men turganimda ham  5 : 1 hisobida g‘alaba qozonishimiz  mumkin edi.»

«Futbol bu - atom jangi! Bu yerda g‘oliblar bo‘lmaydi, bu yerda faqat tirik qolganlar mavjud…»
“Agarda «Barselona» raqibidan kuchli o‘ynasa, u g‘alaba qozonadi. Agar raqib «Basa»dan kuchliroq o‘yin namoyish etsa, hakamlar shunday ishlashadiki, oxirida baribir «Barselona» g‘olib bo‘ladi.”

«Agar kimdir men haqimda yozmoqchi bo‘lsa, u mashxur bo‘lishni juda istamoqda. U bu uchun menga pul to‘lashi zarur!»

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:27, 17.07.2019.
O'qildi: 5875 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.