Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/05 00:00 Sevilya 1-2 Barselona
27/05 19:00 Lokomotiv 1-1 Surxon

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz

«Dinamo» futbolchisi grandlar e’tiborida

Transfer olamidagi yangiliklar«Dinamo Kiyev» futbolchisi sanaladigan Nikolay Shaparenko o‘z kariyerasini APLda davom ettirishi mumkin.

Hozirda futbolchi uchun kurashga «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Arsenal» singari klublar kirishgan. 20  yoshlik futbolchining Ukraina klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 – yilga qadar amal qiladi. Futbolchining o‘zi tezroq boshqa klubga o‘tishni istamoqda. Uning agenti futbolchining transferini tezlashtirish maqsadida «Dinamo» bilan muzokaralarni boshlagan. Uning taxminiy transfer qiymati 20 million yevro atrofida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi o‘tgan mavsumda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib 5 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan va 3 ta asistga egalik qilgan.

«Real Madrid» «Roma» yulduzini harid qilmoqchi

“Ispaniyaning «Real Madrid» jamaosi «Roma» klubi yarim himoyachisi Dzaniola bilan qiziqib qoldi.”, - deb xabar tarqatmoqda «Cirriera Della Cera» nashri. Hozirda italiyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan «Tottenhem» klubining imkoniyatlari keskin pasayib ketdi. Sababi, «Real Madrid» futbolchining agenti bilan uchrashishga ham ulgurgan va uning mijoziga Madrid klubi uzoq muddatli shartnoma taklif qilishini bildirgan. 20 yoshlik iqtidor egasining o‘zi boshqa klubga o‘tishni istamoqda.

Gap shundaki, «Roma» jamoasining yangi ustozi klub rahbarlariga Dzaniola rejalarida yo‘qligini aytgan va futbolchi zahirada o‘tirishni istamayapti. Uning taxminiy transfer qiymati 40 million atrofida deb baholanmoqda.

«Chelsi» futbolchisiga taklif bor

Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Ris Djeyms o‘z faoliyatini «Kristal Pelas» jamoasida davom ettirishi mumkin.
«Daily Star» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «billur mehmonhona» jamoasi «aristokratlar»ga futbolchi uchun 20 million yevro taklif qilishmoqda. 19 yoshlik futbolchining himoyadagi ishonchli o‘yinlari evaziga «Kristal Pelas» jamoasi uni «Manchester Yunayted»ga o‘tib ketgan Van Bissakaning o‘rin bosari sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Djeyms o‘tgan mavsumni «Chempionship»da «Uigan» safida o‘tkazdi va 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va shuncha asist mavjud.

«Yuventus» Iguainga ketishi uchun pul to‘lamoqchi

Turin klubi hujumchisi Gonzalo Iguain agarda «Yuventus» jamoasini tark etsa, klub unga 5 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Shunga qaramasdan futbolchi jamoada qolishini e’lon qildi.
Gap shundaki, shu kunlarda futbolchining hizmatlari bilan Rimning «Roma» jamoasi qiziqib qolgan. Ular argentinalik futbolchini Eden Djekoning o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida harid qilmoqchi. «Yuventus» futbolchini sotishga qanchalar urunmasin, Iguain klubdan ketmoqchi emas.

Moskvaning «Spartak» klubi hujumchi olmoqchi

Germaniyaning «Shtutgart» klubining gresiyalik hujumchisi Anastasios Donis Moskvaning «Spartak» klubi nishonida turibdi.
Tomonlar futbolchining narxi borasida muzokaralarni boshlab yuborishdi va u ijobiy yakunga yetadiganga o‘xshab bormoqda. Futbolchining transfer qiymati taxminan 7 – 10 million yevroni tashkil etmoqda.
Gresiyalik futbolchi o‘z vaqtida «Yuventus», «Nitsa», «Lugano» singari klublar sharafini himoya qilgan. Bundan tashqari Donis terma jamoa safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib bir bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

«Liverpul» Milnerga yangi shartnoma taklif qilmadi

«LIverpul» klubi futbolchisi Jeyms Milner o‘z faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Gap shundaki, 33 yoshlik futbolchiga klub hali ham shartnoma taklif qilmagan.
Agarda bu transfer oynasi yopilguniga qadar futbolchi bilan shartnoma uzaytirilmasa, mavsum so‘ngida Milner erkin agentga aylanishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:05, 22.07.2019.
O'qildi: 9971 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.