Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Yuriy Zagumennix

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Yuriy Zagumennix

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Chap qanot himoyachisi Yuriy Zagumennix kuchli irodasi bilan og‘ir jarohatdan keyin ham futbolga qayta olgandi.

Yuriy Zagumennix 1947 yil Rossiyaning Vladivostok shahrida tug‘ilgan. Ota-onasidan erta judo bo‘lgan Yura va ukasini maxsus o‘quv yurtiga qabul qilishadi. O‘sha yerda o‘qish jarayonida ular bo‘sh vaqt bo‘lishi bilan futbol o‘ynashardi. Zagumennixning katta futbolga kirib kelishida Valentin Sayenko va Aleksandr Kochetkovning hissasi katta bo‘lgan. Kochetkov unga deyarli otadek bo‘lgan. 17 yoshdayoq bu murabbiy uni Vladivostokning "Luch" jamoasiga qabul qilgan. Asta-sekinlik bilan mashg‘ulotdagi maslahatlarni o‘zlashtirib borgan Yura tez orada asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. To‘pni yaxshi boshqarishi, autdan to‘pni juda uzoqqa yetkazib berishi, oxirigacha o‘ynashi va taslim bo‘lmasligi kabi jihatlar Zagumennixni ajratib turardi. Uch mavsum to‘liq asosiy tarkibda o‘ynagach, 1970 yil SSSR Kubogi uchrashuvi doirasida "Zenit" bilan bahsda ajoyib o‘yin namoyish qilgandan keyin unga "Zenit"dan taklif tushadi. Bunga javoban Yura faqat asosiy tarkibdan joy kafolatlangan taqdirda o‘tishini ma’lum qiladi. Oxir-oqibat "Zenit" uning shartiga ko‘nadi. Keyingi besh mavsumda u "Zenit"da chap qanot himoyasidagi o‘rnini hech kimga berib qo‘ymadi. Ajoyib harakatlari bilan barchaning olqishlariga sazovor bo‘ldi. 1972 yil SSSRning eng kuchli 33 futbolchilari ro‘yxatidan o‘rin oldi.

1975 yil Zagumennix mashg‘ulotda umurtqasidan jiddiy jarohat oldi. Murakkab operasiyadan so‘ng unga ikkinchi guruh nogironligini berishdi. 7 oy mobaynida Yura to‘shakka mixlanib yotdi. Biroq u taslim bo‘lishni xayoliga keltirmadi - imkon bo‘lishi bilan yotib, o‘tirib, emaklab mashq qilishni boshladi. Asta-sekinlik bilan oyoqqa turdi va yugurishni boshladi. Unga faqat o‘tirib ishlash kerakligini aytishgan bo‘lsa-da, katta futbolga qaytdi. Ammo "Zenit"da unga rad javobini berishdi. Bu paytda Aleksandr Kochetkov "Paxtakor"ni boshqarayotgandi. Qadrdon murabbiy uni Toshkentga kelishga ko‘ndirdi. Albatta, ikki yil futbol o‘ynamagan Yurani olib kelishda Kochetkov jamoa rahbariyatini amallab ko‘ndirgandi.

1977 yil "Paxtakor" safida 37 o‘yinda 4 gol muallifiga aylanib, jamoaning oliy ligaga qaytishiga katta hissa qo‘shdi. 1978 yil yuqori ligada 28 uchrashuvda 2 to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoaga juda tez kirishib ketishi bilan Zagumennix murabbiylarda muammo tug‘dirmasdi. Toshkentda ham qisqa vaqt ichida u ishqibozlar yoqimtoyiga aylandi. 1979 yil u 15 bahsda ishtirok etib ulgurgandi. O‘sha yili yozda Yuriy Morozov uni "Zenit"ga yana taklif etgan va Zagumennix yig‘inda ishtirok etgandi. Oleg Bazilevich esa Yurani qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmagandi. Minskka yo‘l olish chog‘ida Yuriy Zagumennix jamoadoshlari bilan birga aviahalokatga uchradi.

Bugungi kunda Vladivostokda har yili Yuriy Zagumennix xotirasiga bag‘ishlangan musobaqalar tashkil etiladi. Uning ushbu hudud futbolida tutgan o‘rni juda yuqori baholanadi. "Zenit" tarixida esa u eng kuchli 55 futbolchi ro‘yxatiga kiritilgan.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:51, 23.07.2019.
O'qildi: 1944 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик