Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Abdusalom Azizov futbolimizning bugungi muammolari va kelajakdagi rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

Abdusalom Azizov futbolimizning bugungi muammolari va kelajakdagi rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov assosiasiya rahbariyati, boshqarma hamda bo‘limlar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda futbolimizdagi mavjud muammolar hamda tashkilotning yaqin kelajakdagi rejalari muhokama qilindi.

Dastlab viloyat futbol assosiasiyalarining bugungi faoliyati ko‘rib chiqildi. Bu tizimdagi muammolarni bartaraf etish choralari, assosiasiyalarni moddiy qo‘llab-quvatlash, kadrlar malakasini ko‘rib chiqish, mahalliy hokimiyatlar bilan hamjihatlikda viloyatlarda futbolni rivojlantirish borasida ko‘rsatmalar berildi.

O‘FA rahbarining asosiy talablaridan biri futboldagi adolat va halol o‘yin prinsiplariga to‘liq rioya qilishni ta’minlash. Kelishilgan o‘yinlar hamda totalizatorga qarshi kurashish borasida xuquqni muxofaza qilish organlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda, bu nopok yo‘l bilan futbolimizni orqaga tortayotganlar, muxlislarning qiziqishini so‘ndirayotganlar aniqlanadi va tegishli jazoga tortiladi.

Yaqin muddat ichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi, olimpiya va yosh toifadagi terma jamoalarimiz saralash turnirlariga kirishadilar. O‘FA Prezidenti terma jamoalarimizning ish rejalari bilan yaqindan tanishdi. Darvoqe, milliy terma jamoamizning yaqin vaqt ichida o‘tkazadigan o‘yinlari uchun “Milliy” stadion maydoni hali talab darajasida emasligi e’tirof etildi. Yil oxirigacha ushbu stadion chimini tartibga keltirish vazifasi qo‘yildi. Unga qadar terma jamoalar boshqa stadionlarda ham uchrashuvlar o‘tkazishi taklifi berildi.


O‘zbek futbolining mavqeini halqaro maydonda mustahkamlashda FIFA va OFK bilan yaqindan hamkorlik qilish, ushbu tashkilotlarning, qolaversa, muxlislarning ishonchini qaytarish juda muhim ekani ham alohida ta’kidlandi. Abdusalom Azizov halqaro hamkorlar bilan munosabatlar va kelajakdagi o‘zaro loyihalarni to‘liq qo‘llab-qo‘vvatlashi haqida aytib o‘tdi.

Shuningdek, O‘FA Prezidenti tomonidan bolalar futbolidagi ahvolni yaxshilash, ular uchun muntazam turnirlar tashkil etish kerakligi ta’kidlandi. O‘smir va yoshlarning katta futbolga o‘tish jarayonidagi muammolar, ularning professional futbolchi sifatida shakllanishi, milliy terma jamoaga munosib futbolchi bo‘lib yetishishi bo‘yicha hozirgi kunda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish kerakligi aytib o‘tildi. Bu borada qit’amizning futboli jadal rivojlanayotgan mamlakatlari, xususan, Yaponiya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari tajribalari yaqindan o‘rganib chiqiladi va mutaxassislarning tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Terma jamoalarimizda diyetalogiya va vitaminizasiya yetishmasligini Abdusalom Azizov alohida e’tirof etib, tez orada malakali shifokorlardan iborat guruh tuzilib, bu yo‘nalishni kuchaytirishga ko‘rsatma berdi.

Yig‘ilishda marxum Paxtakor-79 jamoasi a’zolariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

- “Habaringiz bor, bu yil Paxtakor-79 aviahalokatiga 40 yil to‘lmoqda. Bu nafaqat “Paxtakor” klubi, balki butun o‘zbek futboli uchun katta fojeadir. Biz hech qachon futbolimizning faxri bo‘lmish ushbu jamoani unutmasligimiz va hamma vaqt ularning xotirasini yod etishimiz zarurdir. Shuning uchun ham O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ushbu sana munosabati bilan o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishi, mazkur sana arafasida bo‘ladigan Superliga uchrashuvlarida o‘tganlar xotirasiga xurmat bajo keltirishi, jamoa a’zolarining yaqinlariga e’tibor qaratishi zarur”, deya ta’kidladi Abdusalom Azizov.

Qayd etish joiz, futbolni rivojlantirishda homiylar va hamkorlar ko‘magisiz ko‘p narsaga erishib bo‘lmaydi. Assosiasiya ham o‘z navbatida yurtimiz va xorijning katta kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida ish olib boradi.

Stadionlarda bayramona atmosferani yuzaga keltirish, muxlislik madaniyatini oshirish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ham o‘yinlar paytida futbolchilar, murabbiylar, hakamlarga qarata xaqoratlar yangrashi kabi futbolimiz mavqeini tushiradigan vaziyatlar uchrab turibdi. Bu esa o‘z navbatida stadionlarga oilaviy borilishga to‘sqinlik qilyapti. Assosiasiya tomonidan muxlislik madaniyatini oshirish uchun maxsus loyihalar, tadbirlar, ijtimoiy roliklar tayyorlanyapti.

Abdusalom Azizov milliy chempionatimizda tartib intizomni kuchaytirish zarurligini ham alohida ta’kidladi.

- “Xozirda jamoalarda murabbiy va futbolchilar shartnomalari borasida noaniqliklar uchrab turishidan xabarim bor. Qisqa muddatli shartnomalar o‘rnini ikki tomonning majburiyatlari to‘liq aks etgan professional shartnomalar egallashi kerak. Shunda murabbiylar ham ma’lum muddat o‘z jamoasi bilan ishlab, uni kuchaytirish haqida o‘ylaydi. Futbolchilar ham bir yil o‘tar-o‘tmasdan o‘ziga boshqa klub qidirishga tushmaydi. Reglament, chempionat formati va jamoalar sonini har yili o‘zgartirishni to‘xtatamiz. Keyingi mavsumda ham jamoalar soni shunchaligicha qoladi va superligaga chiqadigan jamoa sport prinsiplari asosda kurashib yullanmaga ega chiqsin. Turli aralashuvlar orqali jamoalarni yuqori ligalarga olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga yo‘l qo‘yilmaydi”, - deya ta’kidladi Abdusalom Azizov.

Ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha boshqarma rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:58, 23.07.2019.
O'qildi: 2465 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.