Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

MOQda yurtimizdagi yetakchi farmasevtika korxonalarining mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

MOQda yurtimizdagi yetakchi farmasevtika korxonalarining mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Sportchilarimizni Tokio Olimpiadasiga har tomonlama puxta tayyorlash O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining ayni paytdagi eng asosiy vazifasidir.

Sir emaski, ayni zamonda sport sohasida nafaqat atletlar, balki sport tibbiyoti va farmakologiyasi borasida ham keskin raqobat kechmoqda.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida Respublikamizdagi yetakchi farmasevtika korxonalarining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) rahbariyati va professorlari, OAV vakillari ham ishtirok etishdi. Tadbirni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov olib bordi va sohadagi kamchiliklar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Mana, Tokio Olimpiadasiga ham roppa-rosa 1 yil qoldi. Kelasi yil shu kuni barchaning e’tibori Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga qaratilgan bo‘ladi. Biz Olimpiada yo‘llanmasiga da’vogarlik qilayotgan 400 nafar sportchimizni saralab oldik va ularni munosib tayyorlash borasida katta hamjda ish olib borilmoqda. Ob-havoni ko‘rib turibsiz. Mana shu issiqda atletlarimiz kuniga 2 mahal mashg‘ulot o‘tkazishmoqda. Ularning har bir mashg‘ulotga fiziologik jihatdan to‘liq tiklanib olishida, bunday jaziramada samarali shug‘ullanishida tibbiy preparatlarning o‘rni beqiyos. Bizdagi eng katta muammolardan biri terma jamoalarimizda shifokor, diyetolog, massajchi va farmakologning yetishmasligi. O‘ylaymanki, bugungi yig‘ilishimiz kamchiliklarimizning bir qismini bo‘lsa-da bartaraf etadi”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

MOQ rahbari yig‘ilish ishtirokchilarini Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik uchun ishlab chiqilgan tezkor reja bilan tanishtirdi. Tadbir davomida RSTIAM direktori, professor Abdushukur Sodiqov ham sohada oqsayotgan jihatlar va ularni bartaraf etish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘z navbatida tashrif buyurgan mutasaddilar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:30, 23.07.2019.
O'qildi: 2214 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.