Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukn ostidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Lill» rad javobini berdi

Fransiyaning «Lill» jamoasi o‘z hujumchisi Nikola Pepe borasida takliflarni ko‘rib chiqayotganidan xabaringiz bor.
Kuni kecha «Manchester Yunayted» futbolchi uchun rasmiy taklif jo‘natgan edi. Fransiya klubi bu taklifni darhol rad etdi. Gap shundaki, «Manchester Yunayted» hujumchi uchun juda oz pul taklif qilgan. Bundan Fransiya klubi bosslarining jaxli chiqqan va  «Manchester Yunayted»ning taklifiga keskin javob qaytargan.

«Readfootball» nashri  tarqatgan xabarlarga ko‘ra,  «Lill» rahbarlari «Napoli» klubi bilan Pepe borasida jamoasi b muzokaralar o‘tkazmoqda. Shu kunlarda futbolchining taqdiri hal bo‘ladi. Shuningdek Pepe uchun kurashda «Arsenal» va «PSJ» jamoalari ham mavjud.

Lempard Abrahamni olib qoladigan bo‘ldi

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard «Barselona»a qarshi baxsdan so‘ng, yosh iqtidorli shogirti Temmi Abraham bilan gaplashib olgan. Unga ko‘ra murabbiy futbolchiga o‘z ustida ishlashni va o‘sishdan to‘xtab qolmasligini maslahat bergan. Shuningdek agarda Abraham uning ko‘rsatmalariga to‘liq amal qilsa, yangi mavsumni asosiy tarkibda boshlashi mumkinligini ham aytib o‘tgan. Lempard klub rahbarlari bilan futbolchini olib qolish borasida gaplashgan va bu futbolchi kelajakda ikkinchi Drogbaga aylanishini bashorat qilgan - deb xabar bermoqda «Daily Maily» nashri.
O‘tgan mavsumni ijara asosida «Aston Villa» safida sermahsul o‘tkazgan Abraham «Aston Villa» APLga qaytishi uchun katta hissa qo‘shdi va 40 ta uchrashuvda maydonga tushib 26 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

«Gerta» «Arsenal»ga murojaat qildi

Germaniyaning «Gerta» jamoasi Rikki Nelson borasida «Arsenal» jamoasiga taklif bilan chiqdi. «Gerta» Nelsonni bir mavumga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. 19 yoshlik futbolchi o‘tgan mavsumni Germaniyaning «Xoffenhaym» jamoasida ijara asosida o‘tkazgan va ko‘plab mutaxassislarning e’tiborini o‘ziga qaratgan edi.

«Roma» o‘zi uchun hujumchi topdi

«Calciomerkato» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Italiyaning «Roma» klubi «Shaxtyor» jamoasi hujumchisi Junior Moraes bilan jiddiy qiziqib qoldi. Braziliyalik futbolchining «Roma» safiga o‘tishini shaxsan «bo‘rilar» ustozi Paulo Fonsekaning o‘zi istamoqda.
Hozirda Junior klubni tark etishi kutilayotgan Eden Djekoning o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda va uning transferi tezlashtiriladi. Bundan avvalroq, Rim klubi Gonzalo Iguain borasida «Yuventus» bilan omadsiz muzokaralar o‘tkazgan edi.
Junior Moraesning taxminiy transfer qiymati 35 million atrofida bahonalmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, futbolchining o‘zi tezroq «A seriyada» to‘p surish niyatida ekanligini yashirib otirmayapti.

«Fiorintina» yetakchsi «Yuventus»ga o‘tadi

«Le Gazzeta Della Sport» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra «Fiorentina» jamoasi yulduzi Federiko Kyeza «Yuventus» jamoasining e’tibor markazida turibdi.
21 yoshlik futbolchining agenti va «Yuventus» rahbarlari alaqachon kelishuvga erishib bo‘ldi. Faqatgina ikki klub o‘zari bitm tuzsa bas. Hozirda «Yuventus» Federiko uchun 60 million yevro taklif qilgan bo‘lsada, rad javobini oldi. «Fiorentina» klubi o‘z futbolchisini 80 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Futbolchining o‘zi «Yuve» safiga o‘tishni istayotgani tez orada o‘z so‘zini aytishi va futbolchining transfer qiymati pasayishi hech gap emas.

Alaba ketmaydi

Myunhenning «Bavariya» klubi rahbarlari David Alaba borasida rasmiy bayonot berdi.
Unga ko‘ra, «Gollivud» o‘z futbolchisini hech qayerga qo‘yib yubormoqchi emasligini va Alaba bilan shu kunlarda yangi shartnoma imzolanishi rasman ma’lum qilindi. Futbolchiga qaysi klub, qanday taklif bilan chiqishidan qati’y nazar faqat rad javobini olishi rasman e’lon qilindi.
E’slatib o‘tamiz, futbolchining xizmatlariga Ispaniyaning «Barselona» va «Real Madrid» qiziqayotgan edi. «Bavariya» rahbarlari futbolchining ketishi borasidagi hamma yangiliklarni yolg‘on ekanligini va futbolchining yangi shartnoma oldidan agentlari tomonidan o‘ylab topilgan «o‘yin»ning bir ko‘rishini deb bayonot berildi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:59, 24.07.2019.
O'qildi: 9496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.