Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Ravshan Ermatov yana bir lavozimga tayinlandi

Ravshan Ermatov yana bir lavozimga tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik mutaxassislar OFK qo‘mitalari a’zoligiga tayinlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ya’ni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi-vise prezidenti lavozimida ishlayotgan Ravshan Ermatov Osiyo futbol konfederasiyasi hakamlar qo‘mitasiga bundan tashqari, Avaz Maksumov OFK futbolni rivojlantirish qo‘mitasiga, Olim Arifov OFK musobaqalar o‘tkazish qo‘mitasiga, Shavkat Imomov OFK texnik qo‘mitasiga a’zo sifatida tayinlandi. 

“O‘tgan haftada O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati Osiyo futbol konfederasiyasi bosh qarorgohida bo‘lib, OFK mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi va o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro ishonch va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish xususida kelishib olingan edi. 

Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan amalga oshiriladigan turli dasturlarda O‘zbekiston vakillarining ham muntazam ishtirok etib borishi milliy futbolimiz ravnaqiga xizmat qilishini inobatga olib, qit’a futbol konfederasiyasi bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qadamlar tashlanmoqda. 

Kuni kecha OFKning doimiy tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi qo‘mitalariga yangi a’zolar tayinlandi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, qit’amiz futbol konfederasiyasining qo‘mitalari a’zoligiga bir qator o‘zbekistonlik mutaxassislar ham tayinlov olishdi. 

Endi hamyurtlarimiz mazkur qo‘mitalarda 2019-2023 yillar mobaynida faoliyat olib boradi. Mutaxassislar kelajakda qit’a futboli rivojiga o‘z xissasini qo‘shish uchun bor bilim va mahoratlarini ishga soladilar. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonchni qadrlaydi va minnatdorchilik bildiradi”, deyiladi O‘FA tarqatgan xabarda.

Manba: UFA
Kiritildi: 18:49, 24.07.2019.
O'qildi: 9523 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик