Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Andijonda FIFA va UYEFA musobaqalarida o‘ynaladigan to‘p ishlab chiqariladi

Andijonda FIFA va UYEFA musobaqalarida o‘ynaladigan to‘p ishlab chiqariladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Sidiqov Panjob provinsiyasida joylashgan «Forward Group» kompaniyasi egasi Xvaja Ma’sud Axtar bilan uchrashdi.

«Forward Group» kompaniyasi sport mahsulotlari, asosan futbol to‘plari ishlab chiqarish bilan tanilgan. Futbol bo‘yicha 2014 va 2018 yillarda o‘tkazilgan jahon chempionatlari uchun faqat «Forward Group» kompaniyasi to‘p yetkazib bergan. Shu bilan birga UYEFA Chempionlar ligasi bahslarida o‘ynaladigan to‘plar ham «Forward Group» kompaniyasida ishlab chiqilgan. Zavodda turli sport mahsulotlari — gandbol va voleybol to‘plari, sport sumkalaridan tortib, tibbiyotda qo‘llaniladigan jarrohlik uskunalarigacha ishlab chiqiladi.

Xvadja Ma’sud Axtar O‘zbekiston elchisi bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida Andijon viloyatida 2018 yilda tashkil etilgan qo‘shma korxona bo‘yicha so‘z ochdi. O‘zbekiston - Pokiston qo‘shma korxonasida «Adidas» brendiga tegishli futbol to‘plari ishlab chiqariladi. Ushbu to‘plar xalqaro futbol musobaqalari, jumladan, MDH davlatlari bozorlariga chiqariladi.

«Forward Group» kompaniyasi ichki sirni oshkor qilmaslik va sifatni saqlash uchun boshqa davlatlarda korxona ochib, sarmoya kiritmay kelayotgan edi. Ammo O‘zbekistondagi iqtisodiy salohiyat inobatga olingan holda, «Forward Group»ning ilk xorijiy loyihasini aynan yurtimizda yo‘lga qo‘yish kelishib olindi. Ushbu kelishuv doirasida 2017-2019 yillarda Andijonda «Forward-TH Sports» zavodini qurish bo‘yicha katta ko‘lamda ishlar olib borildi.

Andijondagi zavodning ishlab chiqarish quvvati bir oyda 3000 ta to‘pdan iborat. O‘zbekistonga keltirilgan uskunalar esa o‘ziga hos bo‘lib, tijoriy sir va intellektual mulk hisoblanadi. FIFA va UYEFA tasnifidagi musobaqalarda «O‘zbekistonda tayyorlangan» brendi ostida tayyorlangan futbol to‘plaridan foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

«Forward-TH Sports» loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda, pokistonlik tadbirkor O‘zbekistonda sport sumkalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Manba: Xabar
Kiritildi: 19:55, 24.07.2019.
O'qildi: 2740 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.