Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federasiyasiga yangi rahbar saylandi

O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federasiyasiga yangi rahbar saylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federasiyasi mutasaddilari, shuningdek, sport jamoatchiligi va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Konferensiyada tashkilotga yangi rahbar va vise-prezident saylash kun tartibiga qo‘yilgan eng asosiy masala edi.

Yig‘ilishda dastlab, shu paytgacha federasiya rahbari sifatida faoliyat olib borgan Dmitriy Adismanning vise-prezidentlikka o‘tishi haqidagi arizasi ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng federasiya raisligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Odil Qalandarovich Abdurahmonov nomzodi ovoz berishga qo‘yildi. Nomzod Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va Odil Abdurahmonov O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federasiyasining raisi etib saylandi.

Federasiyaning sobiq rahbari Dmitriy Adisman esa unga o‘rinbosar sifatida yordam beradigan bo‘ldi.

Yig‘ilish doirasida so‘zga chiqqan Rustam Shoabdurahmonov va Oybek Kasimov yangi rahbarning faoliyatida omad tilab o‘tishdi. Shuningdek, yangi rahbar o‘z ishiga kirishar ekan, faoliyati davomida ushbu sportni yangi bosqichga olib chiqish va uni yoshlar orasida yanada ommalashtirishga astoydil harakat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:54, 25.07.2019.
O'qildi: 2205 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик