Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz

Lukaku ketadi

«Manchester Yunayted» klubi rahbarlari jamoa hujumchisi Lukakuning ketishiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Gap shundaki, «qizil iblislar» Fransiyaning «Lion» jamoasi hujumchisi Mussa Dembele borasida muzokaralarni boshlab yuborishdi. Bundan avvalgi yangiliklarimizda jamoa Lukakuga o‘rinbosar topilmaguniga qadar belgiyalik futbolchi jamoada qolishini e’lon qilishgan edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tez orada futbolchi «Inter» klubi safiga borib qo‘shiladi.
Mussa Dembele borasidagi muzokaralar uzoq cho‘zilmasligini aniq. Sababi «Lion» o‘z futbolchilarini iloji boricha tezroq pullab yuborishni hush ko‘ruvchi jamoalar sirasiga kirishi hech kimga sir emas.

«Inter» Vidal ishqida yonmoqda

«Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte klub rahbarlaridan «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidalni harid qilishlarini iltimos qildi.
Futbolchini qo‘lga kiritish uchun «ko‘k – qoralar» o‘z futbolchilaridan 3 tasi bilan hayrlashishga tayyor bo‘lib turishibdi. Bu futbolchilar : Naingolan, Valerio, Joa Mariu bo‘lib klub ularni iloji boricha tez sotib yuborish ishlarini boshlab yubordi.
Bu futbolchilar borasida «Inter» bir nechta takliflar olishga ham ulgurdi. «Fiorentina», «Djenoa», «Monako» va bir nechta Xitoy klublari bu futbolchilarni qo‘lga kiritishni maqsad qilib turishibdi.
«Barselona» Frenki De Yongning transferidan so‘ng, Vidalni jamoada olib qolish uchun katta kuch sarflamasa kerak – deb xabar bermoqda «Sky Sport» nashri

«Yuventus» darvozaboni APL nishonida

«Yuventus» jamoasi darvozaboni Mattia Perin o‘z faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
«Football Italia» nashrining xabar berishicha, darvozaboning hizmatlari bilan APLga qaytgan «Aston Villa» jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Aslida darvozabon bundan bir hafta ilgari «Benfika» futbolchisiga aylanishi lozim edi. Biroq tibbiy ko‘rikdan yaxshi o‘ta olmagan darvozabon bilan Portugaliy klubi shartnoma imzolashdan bosh tortdi va Perin Turinga qaytib keldi.
Endilikda kipper o‘z kariyerasini yangilash maqsadida boshqa klub safida bo‘lsada, asosiy darvozabon bo‘lishni istamoqda. Buffonning ortga qaytishi uning rejalarini buzib yubordi va u boshqa klub izlashda davom etmoqda

«Sevilya» to‘xtamayapti

Bu transfer oynasi davomida 10 ta futbolchini harid qilgan andalusiyaliklar transfer oynasida faollikni to‘xtatishganicha yo‘q.
Endilikda ularning nishonida «Real Madrid» jamoasi sobiq darvozaboni Kiko Kasilia!
Hozirda «championship»ning «Lids» jamoasi darvozasini qo‘riqlayotgan kipper boshqa klubga o‘tishga qarshi emas. Gap shundaki, darvozabon kuchliroq chempionatda to‘p surishni sog‘inganini rasman e’lon qildi. Futbolchi va «Lids» jamoalari o‘rtasidagi shartnoma 2023 – yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lsada, «Sevilya» 32 yoshli darvozabonni sotib olish fikridan qaytamayapti.
Eslatib o‘tamiz, Kiko o‘tgan mavsumda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 bor o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Pepening agenti Italiyada!

«Lill» jamoasi hujumchisi Nikola Pepe o‘z faoliyatini «Napoli»da davom ettiradigan ko‘rinadi. Gap shundaki, futbolchining agenti hozirda «Napoli» klubi qarorgohida bo‘lib turibdi – deb xabar tarqatmoqda «Sky Sport» nashri.
Futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolashi taxmin qilinmoqda. Uning transfer narxi esa 70 million funt atrofida baholangan. Bu transfer borasidagi yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.
Eslatib o‘tamiz, Nikola o‘tgan mavsumda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib 22 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan. Shuningdek uning hisobida 1 asisst ham mavjud.

Erik Bayi xavotirda

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Erik Bayi o‘z kelajagi borasida savollarga javob topa olmayapti. «Metro» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, futbolchi o‘z kelajagi borasida havotirda va boshqa klub safiga o‘tishga qaror qilgan.

Gap shundaki, mana bir necha hafta davomida «qizil iblislar» «Lester» himoyachisi Maguayer borasida muzokarlar olib bormoqda. Agarda bu transfer amalga oshsa, Sulsher yangi mavsumda Maguayer va Lindelof juftligini asosiy planga olib chiqadi. Shuningdek unda Jons va Smolling zahira variyanti ham bor. Afsuski, Bayi uchun jamoada joy topilmasligi mumkin.
Shu sabab futbolchi «Milan»dan kelib tushgan taklifni atroflicha ko‘rib chiqmoqchi ekanligini rasman e’lon qildi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:38, 26.07.2019.
O'qildi: 11217 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.