Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Yosh badmintonchilarimiz Xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketishdi

Yosh badmintonchilarimiz Xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 29 iyul – 4 avgust kunlari Xitoyning Chendu shahrida yoshlar o‘rtasida badminton bo‘yicha Xalqaro o‘rtoqlik turniri bo‘lib o‘tadi. Xitoy Xalq Respublikasi Milliy badminton federasiyasi va “Sun Chin Lin” fondi tomonidan tashkil etilgan turnirda o‘zbekistonlik 12 nafar yosh badmintonchilar ham ishtirok etishadi.

Kecha tunda vakillarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi.

13 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda yoshlarimiz jahonning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan tengdoshlari bilan kuch sinashishadi.

Delegasiyamiz Xitoyga tashrifi davomida musobaqada ishtirok etish bilan birgalikda o‘zaro tajriba almashish uchun bir qator o‘quv-mashg‘ulot seminarlarida ham ishtirok etishadi.

Jahonda ommaviyligi bo‘yicha futboldan keyingi o‘rinni egallagan badminton sportini yurtimizda ommalashtirish va rivojlantirish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, poytaxtimiz va bir qator viloyat markazlarida yangi zamonaviy badminton markazlari foydalanishga topshirildi.

Xitoyda badminton barcha yosh toifasidagi insonlar o‘rtasida keng ommalashib milliy sport turi darajasi yetgan. Ushbu sport turi bo‘yicha nufuzli musobaqalarda eng yaxshi natijalarni xitoylik sportchilar qayd etib kelishayotgani bejiz emas. Aynan shu sababli yurtimizda badminton sportini ommalashtirishda Xitoy tajribasini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilinmoqda.

Ushbu musobaqaga taklif etilgan sportchilarimizning barcha xarajatlari (aviabiletlardan tashqari) tashkilotlar tomonidan beg‘araz qoplab berilayotganligini ham qayd etib o‘tish lozim.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Manba: minsport
Kiritildi: 13:14, 27.07.2019.
O'qildi: 1156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик