Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

U-21. “Surxon” – “Nasaf” 0:1

U-21. “Surxon” – “Nasaf” 0:1

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu kunlarda Coca-Cola Superligasi 14-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turda U-21 Nasaf yoshlari termizlik tengqurlari mehmoni bo‘lishdi. Birinchi bo‘limni jamoalar ancha ehtiyotkorona boshlashdi va bir-birlarining zaif nuqtalarini o‘rganishga harakat qilishdi. Bo‘lim oxirlarida yosh “Nasaf”chilar o‘yini kuchaydi, biroq yaratilgan imkoniyatlarni golga aylantirish nasib etmadi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarga 1-bo‘limda gol ko‘rishmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham birinchisi singari murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Bellashuvning 83-daqiqasiga kelibgina  hisob ochildi. Qarshiliklarning navbatdagi hujumi gol bilan yakunlandi, biroq uchrashuv hakami mezbonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Nasaf futbolchisiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi deb topdi. Urilgan gol bekor qilinib, 11 metrlik jarima nuqtasini belgiladi. Shohmalik Komilov esa berilgan imkoniyatdan unumli foydalandi - 0:1. Uchrashuv so‘ngiga qadar darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.   

26. 07. 2019. 18: 30
U-21 birinchiligi, 14-tur.
“Surxon” – “Nasaf” 0:1
Termiz. “Surxon” stadioni.
Bosh hakam: Farrux Yansupov
Yon hakamlari: Farxod Rajabov, Anvar Tursunov.
Zaxira hakami: Jaxongir Noraliyev .
Nazoratchi: Arslon Xatamov
Komissar: Jaxongir Raxmatullayev

Gol: Shohmalik Komilov 83’ (Pen)

“Surxon” U-21: 12. Azamat Axmedov, 18. Mirjalol Annamatov, 36. Sardor Arabov (S), 51. Behruz Qulmatov, 61. Otabek Odiljonov (92. Otabek Mustafoqulov, 63’), 66. Bexruz Shaydulov, 78. Nurmuhammad Nomozov (27. Jaxongir Qushaqov, 86’), 81. Sanjarbek Axmedov (58. Yahyo Temirov, 72’), 84. Shoxruhbek Yo‘ldoshev (48. Azizbek Raxmatullayev, 89’), 88. Asadbek Xamzayev (79. Shoxruh Jo‘rabekov ,37’), 99. Begali Kuchkimov.

Zaxira: 16. Jo‘rabek Ruziyev, 69. Asliddin Soibov.

“Nasaf” U-21: 65. Azamat Soyibov (25. Amirbek Lutfullayev, 88’), 15. Jo‘rabek Mannonov, 16. Alisher Yusupov (S), 30. Xudoyorxon Sag’dullayev (40. Sardorbek To‘rayev, 70’), 33. Javoxir Shokirov (67. Alpomish Mirov, 67’), 44. Navro‘zjon Saidov, 50. Shohmalik Komilov (43. Abubakr Rizo Turdialiyev, 90+2’), 60. Shahboz Nuriddonov (22. Akmal Mozgovoy, 46’), 61. Xusain Norchayev, 62. Alibek Davronov, 70. Muxriddin Zoirov.

Zaxira: 55. Islombek Baratov, 69. Navro‘z Safarov.

Ogohlantirishlar: Sanjarben Ahmedov, Yahyo Temirov, - Alibek Davronov, Akmal Mozgovoy

 

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 14:41, 27.07.2019.
O'qildi: 2496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик