Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Messi «Yuventus» futbolchilari haqida nima dedi?!

Messi «Yuventus» futbolchilari haqida nima dedi?!

Baho:
+2 | -1

Bugun e’tiboringizga Leo Messi tomonidan «Yuventus» futbolchilari haqida bildirilgan fikrlarni taqdim etamiz. Bu intervular o‘tgan mavsumlar davomida turli vahtda berilgan bo‘lib, biz uni sizlar uchun jamlashga urundik.

Gonsalo Iguain

Shaxsan men Iguainni dunyodagi eng kuchli markaziy hujumchilardan biri deb bilaman. To‘g‘ri u terma jamoa o‘yinlarida biroz pand berib qo‘ydi. Tinimsiz qilingan tanqidlar esa uni ancha tushkun holga solib qo‘ygan bo‘lsada, hayot davom etadi. Endilikda terma jamoaga chaqiruv olmayotgani uning foydasiga hizmat qilishi aniq. Sababi, u to‘liq e’tiborini klub o‘yinlariga va o‘z formasini tiklab olishga qaratishi mumkin. Endilikda uning oldida «Yuventus» muxlislari ishonchini oqlashdek muhim ish turibdi.

So‘ngi  «Kopa Amerika» musobaqasi arafasida "Fox Sport"

Buffon

Shubhasiz Buffon «Yuventus» afsonasi. U ajoyib darvozabon bo‘libgina qolmay, dunyoning eng kuchlli kipperi hamdir! Afsuski,  vaqt o‘z so‘zini aytmay qolmaydi. Uning reaksiyasi avvalgi darajasida bo‘lmasada, Jijidagi ulkan tajriba bu kamchilikni yopib yuborishga qodir. «Yuventus» va Italiya terma jamoasiga qarshi o‘ynash doimmo ruhan qiyin kechadi. Sababi, bu jamoalar darvozasini Buffon qo‘riqlaydi! Shunga qaramasdan men bu ishni uddalaganimdan mamnunman!

21 – fevral – 2019    «Sky Sport»  

Paolo Dibala

Biz Paolo bilan suhbatlashib oldik.Uning aytishicha, u ham huddi men kabi «Yuventus»ning hujumlarini tashkillashtirib berishni o‘z zimmasiga olgan ekan. Afsuski, terma jamoada unga chap qanotdan joy berishdi va u o‘zini to‘liq ko‘rsata olmadi. Men ham huddi u kabi chap qanotda o‘z o‘yinimni ko‘rsata olmayman. U «Yuventus»da o‘zini to‘liq ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lmoqda. Dibala maydonni juda yaxshi ko‘ra oladigan, abjir yigit. U istalgan daqiqada o‘yinni o‘ziga ola biladigan chinkam yetakchi.

27 – may 2018 – yil  «Fox Sport»

Miralem Piyanich

Afsuski Iniyesta «Barselona»dagi o‘z faoliyatini yakunladi. U bizga maydonda ham uning tashqarisida ham yetishmasligi aniq. Uni hech kim o‘rnini bosa olmasligi mumkin. Sababi, u doimmo yuqori sifatli futbol namoyish etar edi. Endilikda zamonaviy futbol olamida Iniyestaning yo‘qligini faqat Piyanich bilangina biroz to‘ldirish mumkin. O‘ylashimcha u «Barselona» jamoasining Iniyestadan so‘ng bo‘shab qolgan pozisiyasini to‘ldirishi mumkin. Men uni jamoamizda ko‘rishni juda istayman. Uning maydondagi aqlli harkatlari va hujum boshlay olish qobiliyati bizga qo‘l kelishi mumkin.

18 – may 2018 – yil «Calciomercato»

Ronaldu

Men va Ronalduning munosabatlarimiz doimo a’lo darajada bo‘lganini yashirib o‘tirmayman. Biz u bilan har kuni suhbatlasha olmaymiz. Sababi, ikkimiz ikkita chempionatda to‘p suramiz. Shunga qaramasdan o‘rtmazida hurmat va ehtirom ajoyib darjada. Men uning u esa mening o‘yinlarimni katta qiziqish bilan kuzatib boramiz. Afsuski, biz qanchalar yaqin munosabatda bo‘lmaylik buni hech kim e’tiborga olmaydi va bizni dushman deb o‘ylashadi. Men hech kimga hasad qilmasamda, Ronalduning futboldagi imkoniyatlariga istalgan futbolchi havas qilishi aniq! Istalgan futbolchi u kabi maydonda mo‘’jizalar yaratishni orzu qiladi! Huddi men kabi u ham «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar. Bu mavsumda yana ayrim futbolchilarning nomini aytishim mumkin biroq Ronaldu buyuk futbolchi ba u bu mavsumda buni yana bir bor isbotladi!
 Men hech qachon Krishtiyanu bilan raqobatlashmaganman, raqobatlashmayman ham. Huddi u ham men bilan raqobatlashmagani kabi!
Axir biz tennis o‘ynamayapmizku! Futbol bu jamoaviy o‘yin. Menning bu sport turidagi asosiy maqsadim Ronaldudan oldinda bo‘lish emas,  terma jamoamga va klubimga yordam berish deb bilaman.

2 -dekabr 2017 – yil  «Marca»

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:14, 28.07.2019.
O'qildi: 15996 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.