Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Alisher Yusupov jamoamiz uchun Zagreb Gran-prisida chiroyli yakun yasab berdi

Alisher Yusupov jamoamiz uchun Zagreb Gran-prisida chiroyli yakun yasab berdi

Baho:
+ | -

Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi xalqaro musobaqa yakunlandi. Og‘ir vazn toifasida kechgan bugungi kun terma jamoamiz uchun omadli xotima topdi.

+100 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz Alisher Yusupov musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Yusupov musobaqa davomida Osiyo o‘yinlari g‘olibi koreyalik Sungmin Kim, shuningdek, Sloveniya, Polsha terma jamoasi vakillarini mag‘lub etdi. Gollandiyalik Roy Mayer dzyudochimizdan chorak finalda ustun kelgandi. Bronza medali uchun kechgan kurashda esa rossiyalik Alen Sxovrebov dog‘da qoldirildi.

Shu tariqa Alisher Yusupov faoliyatida ilk bor Gran-pri musobaqasining medaliga sazovor bo‘lmoqda. Shuningdek, jahon va Tokio Olimpiadasi uchun 350 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi esa Zagreb Gran-prisida 1 tadan oltin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Bu esa 86 mamlakat orasida beshinchi natijadir.

Manba: Olympic
Kiritildi: 22:54, 28.07.2019.
O'qildi: 2180 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик