Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Garet Beyl haqida Klopp fikr bildirdi

Garet Beyl haqida Klopp fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» jamoasi futbolchisi Garet Beyl Xitoy klubiga o‘ta olmagach, anchagina noqulay ahvolda qoldi. U tushib qolgan vaziyat omma tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda. Ushbu mavzu ustida ish olib borgan «Fox Sport» nashri voqea atrofidagi eng so‘nggi intervyularni e’lon qildi. Hozir e’tiboringizga futbol eksperti sifatida faoliyat olib borayotgan Pol Ins, Yurgen Klopp va Beyl tomonidan berilgan intervyulardan tashkil topgan maqolani  taqdim etamiz.

Pol Ins

Mening fikrimcha, agar «Liverpul»da Beylni qo‘lga kiritish imkoni bo‘lsa, bu ishni amalga oshirish kerak deb hisoblayman! Gap shundaki, «Liverpul»ning hujum uchligi mavsum oldidan juda oz dam oldi. Beyl hujum markazida va ikkala qanotda ham birdek o‘yin ko‘rsata oladigan kam sonli futbolchilar sirasiga kiradi. Agarda men uning o‘rnida bo‘lganimda, kariyeramni qayta jonlantirish uchun «Liverpul» safiga o‘tgan bo‘lar edim. Garet futbolga qaytishdan oldin o‘zini anglab olishi va futbolchi ekanligini to‘liq his qilishi lozim. To‘g‘ri, bunday yo‘l tutish ortidan uning maoshi kamayishi mumkin, biroq futbolchi har haftada maydonga tushmasa, u o‘zligini to‘liq unutib qo‘yadi. Uni qo‘lga kiritish uchun asosiy davogar «Liverpul» emas. Hozirgi holatda uni Manchester shahrining ikki jamoasidan biri qo‘lga kiritishi mumkin. O‘ylashimcha, «Tottenhem» futbolchi uchun raqobatlasha oladigan darajada qudratga ega emas. Buni amalga oshirish mushkul bo‘lsada, uni «Liverpul» safida ko‘rishni istayapman. Garet uzog‘i bilan yana 4 yil yuqori formada o‘ynay olishi mumkin. U vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqib xulosa chiqarishi lozim.

Yurgen Klopp

Men sira tushuna olmayapman. Qanday qilib bunday fantastik o‘yinchilarda muommo bo‘lishi mumkin?!
Beyl hozirda «Real Madrid» futbolchisi va u boshqa klubga o‘tsa, kichik summaga o‘tmasligi aniq. Boz ustiga, uning maoshi juda katta. Aynan shu faktor ko‘plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Tan olish lozim, u juda kuchli futbolchi. Garet mening ko‘z oldimda 2 yil muqqadam  ECHL finalini deyarli bir o‘zi yutib bergan edi. Men unda qanday muammo borligini bilmayman, lekin shunisi aniqki, futbolchi hech qachon bir o‘zi jamoa bo‘la olmaydi. Qachonki u jamoaning bir bo‘lagiga ylansagina o‘z klubiga yordam berishi mumkin va shundagina futbolchi nomiga loyiq bo‘ladi. Biz murabbiylarning vazifamiz ham futbolchilardan jamoa tuzish! Ana shundagina katta g‘alabalar o‘zi sizni qidirib keladi.

Beyl

Men «Real Madrid»da qolishni istayman va uning g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shsam deyman. Agarda menga shunday imkon yaratib berilsa, men jon deb Madridda qolaman. Eng muhimo o‘yin amaliyotisiz qolmasam bo‘lgani! Ko‘plab OAV o‘ylaganidek Zidan bilan o‘rtamizda muammo yo‘q. U bilan aloqalarim ustoz shogird darajasida! Men Zidanning murabbiylik mahoratiga zarracha shubha bilan qaramayman. U kuchli mutaxassis. Uning qo‘l ostida to‘p surish hozir ham huddi avvalgidek yoqimli. Shunday bo‘lsada, oldimda turgan bir nechta takliflardan birini tanlashim lozim. Nima bo‘lishidan qati’y nazar Madridda qolsam, hursand bo‘lar edim.

Manba: Fox Sport
Kiritildi: 22:48, 29.07.2019.
O'qildi: 7515 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.