Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

WBA yangilangan reytingida Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev ko‘tarildi, Isroil Madrimov pastladi

WBA yangilangan reytingida Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev ko‘tarildi, Isroil Madrimov pastladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks assosiasiyasi WBA professional bokschilarning iyul oyi uchun reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Unda o‘zbekistonlik ikki bokschi Shahram G‘iyosov (8-0, 6 KO) va Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov ham, Shohjahon Ergashev ham yangi chiqarilgan reytingda oldingi oyga nisbatan bir pog‘ona yuqoriladi. Shohjahon reytingida to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov 10-o‘ringa joylashdi.

Ikki sportchining reytingdagi yuqorilashi ularning o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda ro‘y berdib. Misol uchun reytingda to‘rtinchi borgan Jonatan Alonso (18-1, 7 KO) vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun jangda Imkoniyatni boy bergach, o‘z-o‘zidan pastladi va Shohjahon Ergashev may oyidagi o‘rniga qaytdi. Shahram G‘iyosov esa Vergil Ortis (13-0, 13 KO) faoliyatini yarim o‘rta (66,68 kg) vaznda davom ettirishi sabab bu vazn reytingidan chiqib ketdi va natijada G‘iyosov 10-o‘ringa ko‘tarildi.

Yangilangan reytingda super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (3-0, 3 KO) iyun oyidagi o‘rnidan ikki pog‘ona pastlab 8-o‘rindan joy oldi.

Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO) o‘tgan oydagi kabi ikkinchi o‘rinda qoldi.

Reytingda o‘zbekistonlik boshqa sportchilar o‘rin olmagan.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 08:51, 01.08.2019.
O'qildi: 7080 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.