Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Futbol TV telekanali: Yangi mavsumga yangi syurprizlar bilan

Futbol TV telekanali: Yangi mavsumga yangi syurprizlar bilan

Baho:
+2 | -

Yevropa futbolida yangi mavsum boshlanishiga oz fursat qoldi.  Futbol TV telekanali yangi mavsumda ham muxlislar uchun Top-5 chempionatiga kiruvchi Angliya Premyer ligasi, La liga, Italiya A seriyasi, shuningdek, Evropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi musobaqalaridan o‘rin olgan uchrashuvlarni jonli efirda namoyish qilib boradi. 

Shu jumladan, mamlakat chempioni va Kubok egasi o‘rtasida kechadigan, Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi g‘olibi o‘zaro bahs olib boradigan Superkubok uchrashuvlari ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Bundan tashqari telekanalimiz muxlislarini yangi mavsumda bir qator yangi syurprizlar kutmoqda. Telekanal ijodkorlari futbol ishqibozlari uchun bir-biridan qiziqarli yangi loyihalar va ko‘rsatuvlar tayyorlab qo‘yishgan.

Jumladan, 4 avgust kuni “Uembli” stadionida Angliya Superkubogi uchun “Manchester Siti” va “Liverpul”  jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi. Bu o‘yinni muxlislar Futbol TV telekanalida jonli efirda tomosha qilishdan tashqari, shu kuni poytaxtimizdagi “Chelsi Pab”da tasvirga olinadigan va efirga uzatiladigan yangi loyiha — “Fan Time” ko‘rsatuvida ham ishtirok etishlari mumkin.

“Fan Time” — nomidan ham bilib olganingizdek, mashhur jamoalar muxlislari haqida hikoya qiluvchi ko‘rsatuv bo‘lib, ko‘rsatuvda Yevropa grandlarining O‘zbekistondagi fan-klublari, muxlislar guruhlari faoliyati, ularning o‘zaro yig‘ilib, sevimli jamoalari muxlislik qilishlari, muxlislik madaniyatini shakllantirish, o‘z jamoasiga sodiqlik, g‘alaba va mag‘lubiyat paytida jamoa bilan birga bo‘lish mavzusidagi lavhalar jonli efirda (LIVE) berib boriladi.  

Ko‘rsatuvni taniqli boshlovchilar Dilshodbek Kattabekov va Nilufar Sotiboldiyevalar olib borishadi. 4 avgust kuni “Chelsi Pab”da tasvirga olinadigan ko‘rsatuvning ilk sonida taniqli rossiyalik sharhlovchi Aleksandr Yelagin va repper Shahriyor mehmon bo‘lishadi.

Bundan tashqari, yangi mavsumdan boshlab taniqli boshlovchi Ibrohim Ahmedov muallifligida “Offside” ko‘rsatuvi muxlislar hukmiga havola qilinadi. Mazkur ko‘rsatuvda taniqli insonlar, mashhur shaxslar bilan futbol olamida va futboldan tashqarida ro‘y berayotgan voqea-hodisalar haqida qiziqarli suhbatlar uyushtiriladi. Shuningdek, ko‘rsatuv mehmonlari bilan turli qiziqarli o‘yinlar tashkil etiladi.

O‘tgan mavsumda muxlislar e’tiborini qozongan “Fantastik to‘rtlik” va “Futbol raqamlarda” ko‘rsatuvlari ham yangi mavsumda muxlislarga o‘tmish va zamonamizning mashhur futbol yulduzlari haqidagi syujetlar, qiziqarli faktlar, olamshumul rekordlar haqida ma’lumot berishda davom etadi.

Shuningdek, APL, La Liga, Italiya A seriyasi, YECHL va Yevropa ligasidan o‘rin olgan uchrashuvlarning eng qiziqarli vaziyatlari, kiritilgan gollari aks etgan HIGHLIGHTS, «APL World», REVIEW, MAGAZINE kabi dasturlar muntazam ravishda efirga uzatib boriladi.

“Football News” dasturi orqali esa muxlislar futbol olamida ro‘y beryotgan eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib borishlari mumkin.

Futbol TV telekanalida syurprizlar mavsumi davom etadi!

Manba: Futbol TV
Kiritildi: 18:56, 02.08.2019.
O'qildi: 15613 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.