Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

“Barselona”da tanlov: Suaresmi yoki Grizmann?

“Barselona”da tanlov: Suaresmi yoki Grizmann?

Baho:
+ | -

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Barselona”ning ikki hujumchisi — Suares va Grizmann o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinroq esa bu xabarlarni inkor etuvchi videolar ham paydo bo‘ldi. Biz esa bu mojaroga emas, boshqa bir masalaga e’tibor qaratamiz, xo‘sh, jamoa markaziy hujumida kim o‘ynashi kerak?

Tezlik

Tezlik borasida Antuan Grizmanninng statistikasi Luis Suaresnikidan biroz yaxshi. Bu esa qarshi hujumlarda ancha foyda berishi tayin. Biroq “Barselona”, asosan, tiki-taka uslubida, o‘zaro qisqa uzatmalar orqali raqib jarima maydoniga yorib kirishini hisobga olsak, Grizmanning tezligi har doim ham qo‘l kelishi mumkin.

Taktika

Taktika borasida ikkala futbolchining ham o‘z uslubi bor. Luis Suares hujum tashkil qilishda ko‘p ham faol emas, ammo hujumlarni yakunlashda doimo hoziru nozir. Uning o‘tgan mavsum La Liga doirasida 24 ta o‘yinda qayd etgan natijasiga e’tibor bering: 14 ta gol, 7 ta golli uzatma. Bu shuni anglatadiki, Luis Suares raqib jarima maydoniga qadar raqiblarga uncha sezilmasligi mumkin, ammo hujum pishay deb qolganida katta sahnaga chiqishni xush ko‘radi.

Antuan Grizmann esa hujum tashkil qilishda faol. Ayniqsa, markazdan raqib jarima maydoniga yorib kirish uslubi unga xos. Qolaversa, Grizmann jamoadoshlariga to‘p uzatish borasida Suaresdan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. Qisqa paslarda ham ko‘rsatkichi yomon emas — ma’lumotlarga ko‘ra, Grizmanning uzatmalarining o‘rtacha uzunligi 14 metrni tashkil qiladi.

Dribling

Dribling borasida ikkala futbolchini ham alohida qayd etib bo‘lmaydi. Antuan Grizmanning ham, Suaresning raqiblarini Neymar yoki Messi kabi aldab keta olmasligini bilasiz.

Shu o‘rinda raqibdan o‘z vaqtida qochish borasida Suares ustunroq ekanligini ta’kidlash joiz.

Ikkinchi qavat

Bu borada quyidagi fakt barcha narsaga qisman oydinlik kiritadi. Luis Suaresning bo‘yi 1,82 metrga teng, Grizmanniki esa 1,76 metr. Qolaversa, ikkinchi qavatda Suaresda samaradorlik ko‘proq. Chunki u nafaqat bo‘y, balki gavda jihatidan ham Grizmanndan ustunroq. Bu esa unga yakkama-yakka kurashlarda ancha qo‘l keladi.

Grizmanning iqtoriga shubha yo‘q. Ammo xalqimizda “Sinalmagan otning ostidan o‘tma”, degan naql bor. Suares — “Barselona” sinovidan o‘tgan. Shu bois, bizningcha, agar markaziy hujumda Grizmann yoki Suaresdan birini tanlashga to‘g‘ri kelsa, bu borada Suaresning imkoniyati ko‘proq. Ehtimol, Valverde, Messi — Suares — Grizmann uchligini tanlab, Grizmann yoki Suaresdan birini qanotga o‘tkazar. Ko‘ramiz.

Nizomjon ISLOMOV  

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:24, 06.08.2019.
O'qildi: 10796 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.