Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

«Real» Pogba bo‘yicha «MYU»ga so‘nggi taklifni yuboradi

«Real» Pogba bo‘yicha «MYU»ga so‘nggi taklifni yuboradi

Baho:
+ | -

«Real» klubi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferi borasida mankunianliklarga so‘nggi taklifni yuboradi.

Marca tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar 26 yoshli futbolchi uchun «MYU» talab qilayotgan 150 million yevro miqdoridagi pul to‘lamoqchi emas. Narxni tushirish uchun esa "Qirollik klubi" kelishuvga Garet Beylni qo‘shmoqchi.

Avvalroq «Real» «Yunayted»ga Pogba uchun yarim himoyachi Xames Rodriges va 30 million yevro taklif qilgan edi, ammo rad javobini oldi.

Pogba uchun «Yuventus» ham da’vogarlik qilmoqda. Ammo turinliklarni ham 150 million yevro miqdoridagi talab qanoatlantirmaydi. "Keksa sinyora" fransiyalik futbolchining transferi doirasida yarim himoyachi Bleyz Matyuidi va hujumchi Mario Manjukichni manchesterliklarga taklif qilishgan edi.

Pogba yakunlangan mavsumda «MYU» safida barcha musobaqalar doirasida 47ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 11ta golga uzatma berdi. Uning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 20:29, 06.08.2019.
O'qildi: 14057 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик