Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

O‘rtoqlik o‘yini. Azarning goli «Real»ga g‘alaba keltirdi (video)

O‘rtoqlik o‘yini. Azarning goli «Real»ga g‘alaba keltirdi (video)

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Real" Avstriyaning "Zalsburg" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Benzema hisobnii ochishi mumkin edi. Fransiyalik futbolchi Azarning uzatmasidan keyin darvozagacha 5-6 metr masofadan to‘pni qabul qilib, zarba berdi. To‘p esa darvozabondan maydonni tark etdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib hisob ochildi. Azar chap qanotdan oldinga yurib, markaz tomon surildi va olis burchakni aniq nishonga oldi.

Tomonlar tanaffusga qadar bittadan yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Minamino yaqin masofadan "Real" darvozasi tomon aniq zarba bera olmagan bo‘lsa, Eden Azar yakkama-yakka vaziyatda darvozabonni dog‘da qoldira olmadi.

Ikkinchi bo‘limda to‘shp nazorati madridliklar tomonida bo‘lgan bo‘lsa-da, xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha ustunlik avstriyaliklar tomonida bo‘ldi. Ammo o‘yin oxiriga qadar darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

O‘rtoqlik o‘yini
Zalsburg Red Bull Avstriya – Real Madrid Ispaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 19 Azar.
Red Bull – Stankovich (Karlos, 46), Nissen Kristensen (Farkash, 59), Ramalyo (Fallsi, 46; van der Verff, 75), Ongene (Mensa, 46), Ulmer (Okugava, 46), Samasseku (Ashimeru, 46), Berned (Yunuzovich, 46), Soboslai (Diarra, 46; Kamara, 76), Minamino (Mvepu, 46), Xoland (Daka, 46), Koyta (Xvan Xi Chxan, 46).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Odriosola, 76), Varan, Militao (Nacho, 46), Marselo, Isko (Vaskes, 76), Kroos, Azar (Yovich, 62), Kazemiro (Valverde, 46), Ramos, Benzema (Vinisius Junior, 76).
Ogohlantirishlar: Varan (54), Mvepu (63), Karvaxal (64), Farkash (72), Valverde (81), Nacho (85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:32, 08.08.2019.
O'qildi: 8731 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик