Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Final haqida qiziqarli ma’lumotlar

Final haqida qiziqarli ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Bugun Istanbul shahrida «UYEFA super kubogi» g‘olibi aniqanadi. Unda APLning ikki grand jamoalari to‘qnash kelishidan xabaringiz bor. Bugun o‘yin oldidan qiziqlarli ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Tarixiy o‘yin

Bu uchrashuv so‘zsiz tarixdan joy oladi. Sababi, ilk bor eraklar futboli final uchrashuvini ayollardan tashkil topgan hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Final uchrashuvida Stefani Frapper boshchiligidagi fransiyalik ayollar brigadasi ishlaydi. Bundan tashqari shu kunga qadar ingliz klubalari biror marotaba Super Kubok bahsida to‘nqash kelmagan bo‘lib, bu bahs birinchisi sifatida qayt etiladi.

Final oldidan jamoalarning ahvoli qanday?

«Chelsi»

O‘tgan mavsumda bir nechta yo‘qotishlarga uchragan klub tiklanish uchun deyarli katta qadamlarni tashlay olmadi. Birinchidan jamoaga transfer taqiqi to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, ikkinchidan klub tajribali bosh murabbiy bilan shartnoma imzolay olmadi. Sarri «Yuventus»ga o‘tib ketgach, Klub rahbarlari Frenk Lempardga ishonishdan boshqa chora topa olmadi. Shunday bo‘lsada, bu klubdagi asosiy yo‘qotish emas. Jamoaning bir necha yil davomida yelkasida ko‘tarib yurgan Eden Azar «Real Madrid»ga o‘tib ketdi va uning o‘rnini to‘ldira oladigan boshqa futbolchi harid qilinmadi. To‘g‘ri, ijaradagi futbolchilar ortga qaytarildi, biroq, bu muammoga yechim bo‘lishi ehtimoli juda kam.

«Liverpul»

Bu jamoa esa, «Chelsi»dan farqli o‘laroq o‘tgan mavsumdagi tarkibini to‘liq saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. To‘g‘ri, jamoaning o‘yinin kuchaytira oladigan top futbolchilar harid qilnmagan bo‘lsada, bir nechta iqtidorli yigitlar bilan sharntoma imzolandi. Jamoa bu mavsumda transferlarga pul ishlatish borasida eng yomon natija ko‘rsatadi va atigi 4 million funtgina harkat qildi. Bu APL klublari orasida faqatgina «Norvich» jamoasidan ko‘proq pul sarflandi degani. Shunday bo‘slada, «Liverpul» bu ishi bilan kuchsizlanib qolmadi. Aksincha, jamoaviy o‘yinni yanada kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

Statistika

Bu jamoalar xalaqaro arenalarda 10 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, ushbu uchrashuvlarning 2 tasida «Liverpul»ning qo‘li baland kelgan. 3 tasida «Chelsi» ustunlik qilgan bo‘lsa, yana 5 ta uchrashuv durang natija bilan yakunlangan. To‘plar nisbati 12 : 10 londonlikar foydasiga!

«Liverpul» Super Kubok bahslarida 6 bor ishtirok etgan bo‘lib, ularning 3 tasida g‘olib chiqishning uddasidan chiqqan.  «Chelsi» esa, bunday finallardan 4 tasida ishtirok etib 2 bor shohsupaga ko‘tarilshga muvaffaq bo‘lgan.

Bu kubok 2013-yildan beri ispan klublariga nasib etib kelayotgan edi. Bu yil bu an’anaga chek qo‘yiladi. Shunindek, bu Angiliya uchun 8-Super kubok bo‘ladi. Bu borada Ispaniya (15 ta) va Italiya (9 ta) jamoalari yaqqol yetakchi.

Shuningdek, bir davlat klublari shu kunga qadar 7 bor ushbu musobaqada to‘ surgan bo‘lib. 5 bor Ispaniya jamoalari sovrin uchun kurash olib borgan bo‘lsa, 2 bor Italiya klublari kubok uchun maydonga tushgan edi. Bu umumiy hisobda 8-bahs bo‘lib tarixdan joy oladi.

Takribdagi muammolar

«Liverpul»

APLning lk bahsidayoq «Liverpul» yetakchsi Alisson safdan chiqqan bo‘lsa, final uchrashivida ishtirok etish uchun Loveren ham kelamadi. Darvozaboning qachon to‘liq safga qaytishi aniq bo‘lmasa, Lovren boshqa klubga o‘tish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Chelsi»

London jamoasida katta ehtimol bilan klubning yuragi Ngolo Kante finalni o‘tkazib yuboradi. Gap shundaki, jarohatidan endigina forig‘ bo‘lgan futbolchi, «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda yana jarohat oldi va qachon safga qaytishi nomalum. Shuningdek, Xadson Odoi va Ruben Loftus-chiklarda jarohat mavjud. Shuningdek, Villan va Ryudeger uchrashuv oldidan kichik jarohat olishgan edi. Lempard ularni safga qaytishga tayyor deb e’lon qilgan bo‘lsada, ertangi uchrashuvda bu futbolchilar zahira o‘rindig‘ida qolishlari turgan gap.

Tahminiy tarkiblar

«Liverpul»: Adrian, Arnold, Van Deyk, Matip, Robertson, Henderson, Veynaldum, Fabino, Mane, Saloh, Firmino

«Chelsi»: Kepa, Aspilikueta, Kristensen, Zuma, Emerson, Jorjino, Kovachich, Barkli, Pulishich, Pedro, Jiru

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:18, 14.08.2019.
O'qildi: 3351 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.