Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Ro‘ziqul Berdiyev: “Biz asosiy e’tiborimizni chempionat va O‘zbekiston kubogi o‘yinlariga qaratganmiz”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Biz asosiy e’tiborimizni chempionat va O‘zbekiston kubogi o‘yinlariga qaratganmiz”

Baho:
+ | -

Liga Kubogi chorak final doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

- Qo‘qonliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin haqidagi aytadigan bo‘lsam, uchrashuv shiddatli tarzda o‘tdi. Jamoalar tomoshabop o‘yin namoyish etishdi. Natijadan ko‘nglim to‘lmadi, lekin futbolchilarimning o‘yinidan qoniqdim.

Bugun bizga omad ham kelmadi.Vaziyatlardan foydalanishda oqsadik. Mana shu omillar yakunda yutqazishimizga sabab bo‘ldi. Liga kubogi musobaqasi futbolchilarning o‘yin amaliyotini ushlab qolish maqsadida tashkil qilingan deb bilaman. Hozirgi turnir jamoalarga xech narsa bermagani, turnirni ikkinchi darajali bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Musobaqani keyingi yili o‘tkazish borasida o‘ylab ko‘rish kerakka o‘xshaydi. Bu turnirni jiddiylashtirib, musobaqaga bo‘lgan qiziqishni oshirish kerak deb o‘ylayman. Biz asosiy e’tiborimizni chempionat va O‘zbekiston kubogi o‘yinlariga qaratganmiz.

Hozirgi kunda futbolimizda kerakli joyda paydo bo‘ladigan, vaziyatdan unumli foydalanadigan hujumchilar juda kam. Shahboz Erkinov ana shunday o‘yinchilar sarasiga kiradi. Bugun ham u aynan shu jihati tufayli darvozamizni ishg‘ol etdi va Qo‘qonliklarga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 20:11, 14.08.2019.
O'qildi: 2657 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик