Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

APL. «Manchester Siti» - «Tottenxem» o‘yinidan jangovar durang qayd etildi (videosharh)

APL. «Manchester Siti» - «Tottenxem» o‘yinidan jangovar durang qayd etildi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 2-turi doirasida markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida "shaharliklar" hisobni ochishdi. De Bryuyne tomonidan yetkazilgan uzatmani Sterling bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan atigi 4 daqiqa o‘tib hisob tenglashdi. Ndombelening uzatmasidan keyin Erik Lamela to‘pni egalladi va kutilmaganda 20 metrlardan zarba berdi. Buni kutmagan Ederson to‘pni qaytara olmadi.

Bahsning 35-daqiqasida maydon egalari yana bir marta oldinga chiqib olishdi. Keyin de Bryuyne bu safar qanotdan ajoyib uzatma bergan bo‘lsa, Aguero to‘pni raqib darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Bo‘lim so‘ngida mezbonlar yana ikkita xavfli vaziyat yaratishdi. Gyundoganning zarbasiga biroz aniqlik yetishmagan bo‘lsa, Zinchenkoning zarbasini Lyoris qiyinchilik qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim boshida "Siti" ketma-ket 3ta imkoniyatdan foydalana olmadi. Buning uchun "shporlar" ularni jazoladi. Zaxiradan tushganiga 20 soniya bo‘lgan Lukas Moura hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.

Qolgan daqiqalarda xavfli vaziyatlar bo‘yicha ustunlik Gvardiola shogirdlari tomonida bo‘ldi. Hattoki, ular qo‘shib berilgan daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Ammo VAR golni bekor qildi. Boisi, burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan vaziyatda Lyaport qo‘li bilan o‘ynagan ekan.

Shu tariqa, "Manchester Siti" 2 ochkodan mahrum bo‘lgan bo‘lsa, "Tottenxem" muhim bir ochkoni qo‘lga kiritdi.

APL, 2-tur
Manchester Siti – Tottenxem 2:2 (2:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 20 Sterling, 1:1 – 23 Lamela, 2:1 – 35 Aguero, 2:2 – 56 Lukas Moura.
Manchester Siti – Ederson, Zinchenko, Laport, Otamendi, Uoker, Rodri Ernandes (Silva, 78), Gyundogan, Bernardu Silva (Marez, 80), de Bryuyne, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 66).
Tottenxem – Lyoris, Sanches, Uoker-Piters, Rouz, Alderveyreld, Uinks (Lukas Moura, 56), Eriksen (Skipp, 90), Sissoko, Lamela (Lo Chelso, 85), Ndombele, Keyn.
Ogohlantirishlar: Sterling (26).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:36, 17.08.2019.
O'qildi: 6950 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.